Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Toshkentdagi Xalqaro Vestminster Universitetining 14 yilligi munosabati bilan xayriya konserti o‘tkazildi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 527           Дата: 6-02-2016, 12:00          
5-fevral kuni Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster Universitetining 14 yilligi munosabati bilan xayriya konserti o‘tkazildi. “Ezgulik navolari” xayriya konserti TXVUda 2012-yildan buyon o‘tkazilib kelinmoqda. Bu haqda Universitet matbuot xizmati “Daryo”ga xabar bermoqda.

Toshkentdagi Xalqaro Vestminster Universitetining 14 yilligi munosabati bilan xayriya konserti o‘tkazildi

Xayriya konserti Universitetning 14 yilligini nishonlashga bag‘ishlangan bo‘lib, u Old Jazz mavzusiga oid edi. Universitet tavalludiga bag‘ishlangan an’anaviy konsert dasturlari talabalarning ma’naviy va madaniy ta’lim tarbiyasiga yo‘naltirilgan bo‘lib, tashkilotchilar konsert mavzusi uchun har yili ma’lum bir musiqa yo‘nalishiga e’tibor qaratadi. Bu yilgi konsert uchun esa o‘z davrining go‘zalligini qamrab olgan jazz yo‘nalishi tanlandi.

5-fevral kunining bayram konserti dasturi universitetning iste’dodli talabalarining yorqin chiqishlari bilan bir qatorda, O‘zbekiston xalq artisti Mansur Toshmatov, “Zo‘r-zo‘r star” tanlovi g‘olibi Ulug‘bek Xoliqov va Rossiya “Golos.Deti” teletanlovi g‘olibi Sabina Mustayeva ijrosida jazz kompozitsiyalari yangrab o‘tdi.

Toshkentdagi Xalqaro Vestminster Universitetining 14 yilligi munosabati bilan xayriya konserti o‘tkazildi

Bu yilgi xayriya konsertida TXVU va litseyi talabalari orqali yig‘ilgan barcha mablag‘lar leykemiyaga chalingan bolalarni davolash uchun yo‘naltirildi.

Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster Universiteti (TXVU) 2002-yil 16-yanvar, London shahridagi Vestminster Universiteti (Buyuk Britaniya) va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Umid” jamg‘armasi bilan hamkorlikda tashkil qilingan. TXVU Markaziy Osiyodagi xalqaro toifadagi akkreditatsiyadan o‘tgan birinchi universitetdir. 14 yil mobaynida Universitetni 1700 dan ortiq talaba tamomladi.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн