Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

O‘zbekistonda avtomobillarda nur qaytargichli maxsus jilet bo‘lishi majburiy deb belgilandi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 991           Дата: 5-02-2016, 16:51          
O‘zbekistonda 1-martdan kuchga kiradigan yangi tahrirdagi Yo‘l harakati qoidalarida (pdf)gi yangi talablardan biri avtomobilda tibbiyot qutichasi, o‘t o‘chirgich va avariyaviy to‘xtash belgisi bilan birga, nur qaytargichli maxsus jilet bo‘lishidir, deb yozadi “Gazeta.uz”.

O‘zbekistonda avtomobillarda nur qaytargichli maxsus jilet bo‘lishi majburiy deb belgilandi

Bu yengil va yuk avtomobili, avtobus va g‘ildirakli traktorlar haydovchilari uchun majburiy etib belgilandi.

Hujjatda transport vositasining haydovchisi majburiyatlari aks etgan bandlardan biri quyidagicha keltirilgan:

“Sutkaning qorong‘i vaqtida va yetarlicha ko‘rinmaydigan sharoitda majburiy to‘xtagan transport vositasining haydovchisi ta’mirlash maqsadida yo‘lning qatnov qismiga chiqishdan oldin nur qaytargichli maxsus jilet kiyib olishi” kerak.

IIV YHXBB vakillari avtomobilni yuqorida ko‘rsatilgan majburiy vositalar bilan jihozlashda sotib olinayotgan buyumlarning sertifikatlari mavjudligiga e’tibor qaratishni va sotuvchilardan mahsulot sifati haqidagi hujjatlarni talab qilishni tavsiya etadi.

Tibbiy qutilarni, yaxshisi, dorixonalardan xarid qilgan ma’qul. Sertifikatlarga ega tibbiyot qutisi, nur qaytargichli jilet, avariyaviy to‘xtash belgisi va o‘t o‘chirgich kiradigan maxsus komplektlarni nafaqat bozor va do‘konlarda, balki avtosalonlarda ham sotib olish mumkin.

YHXBB “O‘zavtosanoat” kompaniyasi bilan kelajakda respublikada ishlab chiqarilayotgan yangi avtomobillar komplektatsiyasiga tayyor to‘plamlarni kiritish borasida muzokaralar olib bormoqda.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн