Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Toshkent viloyati sobiq hokimi Ahmadjon Usmonovning senatorlik vakolati tugatildi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 1 535           Дата: 5-02-2016, 11:00          
O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasida 4-fevral, payshanba kuni komissiya raisi Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomov rahbarligida majlis bo‘lib o‘tdi. Bu haqda MSK matbuot xizmati xabar berdi.

Toshkent viloyati sobiq hokimi Ahmadjon Usmonovning senatorlik vakolati tugatildi

Majlisda O‘zbekiston Oliy Majlisining Senati a’zosi Ahmadjon Usmonovning xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati vakolati tugatilganligi munosabati bilan uning senatorlik vakolatini muddatidan ilgari tugatish to‘g‘risida masala ko‘rib chiqildi va tegishli qaror qabul qilindi.

Ma’lumot uchun, Ahmadjon Usmonov Toshkent viloyatidan Oliy Majlis Senatiga saylangan bo‘lib, Senatning Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi a’zosi edi. “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida”gi qonunning 61-moddasiga muvofiq, bo‘shab qolgan o‘rinlarga senatorlarning saylovi hududiy davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining tegishli qo‘shma majlislarida o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, 4-fevral, payshanba kuni O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov Toshkent viloyati hokimi Ahmadjon Usmonovni lavozimidan ozod etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Shu kuni Sodiq Abdullayev Toshkent viloyatining yangi hokimi etib tayinlandi. U bungacha viloyatning Zangiota tumaniga hokimlik qilib kelayotgan edi.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн