Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Rossiyaning birinchi raqamli marketeri Igor Mann yana Toshkentga keladi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 416           Дата: 4-02-2016, 14:50          
27-aprel kuni Igor Mann Toshkent biznes-auditoriyasiga bir emas ikkita seminarni taqdim etadi. Ulardan biri professional faoliyatda eng sara mutaxassisga aylanishning yo‘l-yo‘riqlari haqida bo‘lsa, ikkinchisi byudjetsiz marketingning yangi samarali vositalari mavzusida bo‘ladi.

Rossiyaning birinchi raqamli marketeri Igor Mann yana Toshkentga keladi

Bir kun davomida tajribali marketolog va biznes-maslahatchi Igor Mann tinglovchilarga bugungi kunda dolzarb bo‘lgan baravariga ikki yo‘nalish bo‘yicha maksimal darajada foydali bo‘lgan ma’lumotlarni taqdim etadi. Kunning birinchi yarmida “1-raqam: faoliyat ko‘rsatayotgan sohangizda eng zo‘riga qanday qilib aylanish mumkin” mavzusida seminar bo‘lib o‘tadi. Qatnashchilar o‘z shaxsiy rivojlanishining bosqichma-bosqich strategiyasiga ega bo‘ladi hamda o‘z ustida ishlash borasida eng muhim masalalarda fikrni jamlash va tizimli, maqsadli harakat qilishga ko‘maklashuvchi mavjud vositalar bilan qurollanib oladi.

Ikkinchi seminar “Byudjetsiz marketing. Yangi vositalar” mavzusiga bag‘ishlangan. Igor Mann chegaralangan byudjet sharoitida yangi mijozlarni qay tarzda jalb qilish va ularni ushlab qolish borasida yangi g‘oyalari bilan o‘rtoqlashadi. Tinglovchilar 85 dan ortiq marketingning byudjetsiz vositalari, hamda tashkilot byudjetini qayerda, qay yo‘sinda va nimada tejab qolish mumkinligi to‘g‘risida bilib oladi. Ko‘rib chiqilayotgan vositalarning amaliy qo‘llanilishi, ularning u yoki bu hollarda o‘rinliligi, qo‘llanilishidan ko‘riladigan samara kabilarga asosiy urg‘u beriladi.

Seminar davomida umumiy va tijorat ishlari bo‘yicha tashkilot direktorlari o‘zlariga “Savdo rejalarini bajarishda kompaniyaning barcha xodimlarini qanday qilib jalb qilish mumkin?” degan savolga javob topa oladi. Marketologlar va PR-menejerlar o‘z faoliyati samarasini va daromadlarini oshirish uchun yangi bepul vositalar haqida ma’lumotga ega bo‘ladi. Tadbirkorlar va biznes egalari byudjetning yetishmovchiligi sharoitida o‘z kompaniyalarining raqobatbardoshligini qanday saqlab qolish va ularni yangi darajaga qanday qilib olib chiqish mumkinligini anglab oladi.

“Zamonaviy dunyo doimiy taraqqiyot jarayonidadir. Va bunday sharoitlarda shunchaki yashash emas, balki muvaffaqiyat qozonish uchun ham shaxsiy, ham professional rivojlanish bilan doimiy ravishda shug‘ullanish kerak. Biz o‘z vazifamiz sifatida, terabaytlar hajmidagi ma’lumotlar va ko‘p sonli uslublar orasida eng samaralilarini tanlab, taqdim etish, deb bilamiz. Bu tinglovchilarimizga ko‘p miqdorda vaqt va energiyani tejab qolishga yordam beradi. Qolaversa, Igor Manning ikkinchi seminari davomida, byudjet yetishmasligi yoki uning cheklanganligi sharoitida ulkan natijalarga kelish mumkin bo‘lgan ko‘plab vositalar bo‘lishini namoyish qilmoqchimiz”, — deb sharh berdi seminar tashkilotchisi, Be The Change Group kompaniyasi direktori Lev Gavrish.

Igor Manning tavsiyalari, eng avvalo, uning nafaqat tajribali ma’ruzachi va mahoratli spiker ekanligida, balki muvaffaqiyatli amaliyotchi-biznesmen ekanligi bilan ham qimmatlidir. Bugungi kunda Igor Mannning marketolog, to‘g‘rirog‘i, marketer (bu uning shaxsiy ta’rifi) sifatidagi amaliyoti 20 yildan ortiq muvaffaqiyatli faoliyatini o‘z ichiga oladi. 12 yildan ortiq muddat davomida u quyidagi kompaniyalarda marketing bo‘yicha direktor sifatida faoliyat yuritdi: Lucent, Avaya, Alcatel, “Arktel”, Kopernik Group. “Mann, Ivanov, Ferber” eng muvaffaqiyatli biznes-adabiyot nashriyotining asoschisi. Bundan tashqari, u “Marketing Mashina”, “LidMashina”, Oy-li kompaniyalari, “Marketing Mashina” “Krostu”, “LidMashina” internet-loyihalari, “Samizdat” kabilarning hamasoschisi va aksiyadoridir. Seminarlarida Igor Mann o‘z tajribasidagi nihoyatda qiziqarli keyslar bilan o‘rtoqlashadi, hamda haqiqatda natija keltiruvchi samarali biznes-vositalarni taqdim etadi.

Seminar mazkur yilning 27-aprel kuni Wyndham Tashkent mehmonxonasida o‘tkaziladi. Tadbir dasturida ishtirokchilarning o‘zaro suhbatlari uchun tanaffuslar ko‘zda tutilgan. Ular davomida xohlovchilar o‘z kompaniyalarining ekspress-prezentatsiyasini alohida muzokaralar xonasida o‘tkazishi mumkin bo‘ladi. Barcha tinglovchilar seminarda qatnashganligi haqida rasmiy sertifikat oladi. Tadbir to‘g‘risidagi va chiptalarni xarid qilish borasidagi qo‘shimcha ma’lumotlarni www.change.uz saytidan va (+99890) 994-12-11, (+99890) 995-12-11 telefonlari orqali olishingiz mumkin.

Ma’ruzachi haqida

Igor Mann – Rossiyada katta talabga ega, marketing bo‘yicha amaliyotchi-trener. Marketing bilan 1993-yildan buyon shug‘ullanib kelmoqda. Rossiyaning marketologlar birlashmasi fikriga ko‘ra, yil konsultanti. 15 dan ortiq o‘quv dasturlari va kitoblari muallifi. Ularning orasida “Marketing na 100%”, “Bez byudjeta”, “Marketing Mashina” va boshqa bestsellerlar mavjud. “Mann, Ivanov i Ferber” nashriyoti, “Sila Uma”, “Marketing Mashina”, PushBooks internet-loyihalari hamkori va hamasoschisi. Amerika, Yevropa va Rossiya kompaniyalarining marketing sohasidagi 20 yillik faoliyat tajribasiga ega (marketing kommunikatsiyalari bo‘yicha menejer, marketing bo‘yicha direktor lavozimlaridan tortib, tijorat ishlari bo‘yicha direktor va marketing bo‘yicha mintaqaviy direktor lavozimigacha). O‘tmishda 12 yildan ortiq muddat davomida marketing bo‘yicha direktor lavozimida faoliyat yuritdi. Mazkur muddatning 5 yili Lucent va Avaya Amerika kompaniyalarida o‘tdi. Igor Mann korporativ va ochiq treninglari bilan mamlakat bo‘ylab muntazam ravishda qatnashib turadi. Ushbu o‘tgan davrda, uning trening va seminarlarida 500 000 dan ziyod kishi ishtirok etdi.

Be The Change Group kompaniyasi to‘g‘risida

Kompaniyaga 2015-yil asos solingan. Asosiy ixtisosligi – o‘z sohasida yetakchi konsultantlar ishtirokida tor ixtisosli seminarlar, ma’ruza va treninglarni tashkil etish, mustaqil ta’lim va biznesni ilgari surish bo‘yicha turli dasturlarni ishlab chiqish. Kompaniya direktori – Lev Mixaylovich Gavrish – O‘zbek-Yapon markazining, turli faoliyat sohalarida biznesni boshqarish bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash uchun diplomdan keyingi ta’lim turi hisoblanuvchi — Professional menejment dasturi (PMP) bitiruvchisi. Ta’lim darajasini oshirish va xalqaro aloqalarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan xalqaro loyihalarni amalga oshirishda katta tajribaga ega.

Bugunga kelib, kompaniya o‘z sohasida mashhur bo‘lgan ma’ruzachilar, jumladan, Igor Mann, Dmitriy Turusin, Nikolay Doroshchuk, Denis Kaplunov va Brayan Treysi kabilarning biznes-seminarlarini muvaffaqiyatli o‘tkazdi.

Jurnalistlar uchun aloqa telefonlari:
Tadbirning matbuot xizmati
Maslov PR Tashkent
Sevil Sakayeva
Tel: +99895 196 84 94
+99890 988 92 29
sevil.sakaeva@maslov-pr.com

Seminar tashkilotchisi
Be The Change Group kompaniyasi
Aziza Arslanbekova
Tel: +99890 994 12 11
+99890 995 12 11
info@change.uz

Reklama huquqi asosida

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031