Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Toshkentda Umra—2016 guruh rahbarlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 405           Дата: 4-02-2016, 14:50          
Joriy yilning 4-fevral kuni Toshkentdagi “Shayx Zayniddin” jome’ masjidida Umra—2016 bahorgi mavsumi bo‘yicha guruh rahbarlari ishtirokidagi dastlabki yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi Xalqaro aloqalar bo‘limi ma’lum qildi.

Toshkentda Umra—2016 guruh rahbarlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Unda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita mas’ul xodimlari M.Yo‘ldoshev, D.Babadjanov, O‘MI Xalqaro aloqalar bo‘limi mudiri M-A. Shakirov, O‘MI Masjidlar bo‘limi xodimi M.Kamolov va guruh rahbarlari ishtirok etdi.

Tadbirda dastlab M.Yo‘ldoshev guruh rahbarlarini ushbu sharafli va mas’uliyatli vazifa bilan qutlab, ularni guruh rahbarligi qonun-qoidalari, burch va mas’uliyatlari bilan tanishtirib o‘tdi hamda umra ibodati ruknlari, umra safariga boruvchi ziyoratchilar bilan o‘tkaziladigan yig‘ilishlar tartibi, unda e’tibor qaratish lozim bo‘lgan jihatlar, safarga jo‘nab ketish hamda Saudiya Arabistonidagi tashkil qilinadigan ishlarning ellikboshilarga taalluqli bo‘lgan taraflarini atroflicha yoritdi.

So‘ngra M-A. Shokirov so‘zga chiqib, safarga doir hujjat ishlarida nimalarga e’tibor qaratish lozimligini tushuntirib berdi. Shuningdek, guruhdagi ziyoratchilar bilan ishlash davomida ularning pasport va boshqa hujjatlarini yuritish qoidalari borasida ham alohida to‘xtaldi.

Yig‘ilishning davomi Respublikaning bir qator viloyatlarida ham bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 3-fevral kuni O‘zbekiston Haj delegatsiyasi Haj—2016 mavsumiga taalluqli tashkiliy masalalarni kelishib olish uchun Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketgani xabar qilingandi.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031