Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

“UyBor.uz” portali Toshkent shahridagi kvartiralarning yanvar oyidagi ijarasiga oid ma’lumotlarni keltirdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 1 389           Дата: 3-02-2016, 17:40          
2016-yilning yanvar oyida Toshkent shahridagi xonadonlar ijarasining o‘rtacha narxlari 2015-yilning dekabr oyi bilan solishtirganda 12% ga arzonlashdi va 1 kvadrat metr uchun ijara qiymati 6,1 shartli birlikni tashkil eta boshladi.

Yanvar oyida kvartiralarning ijara haqi shaharning ko‘pgina tumanlarida arzonlashdi. Xususan, Mirzo Ulug‘bek va Yashnobod tumanlarida o‘rtacha ijara haqi 18% ga kamayib 5,1 va 4,3 shartli birlikni tashkil etdi.

“UyBor.uz” portali Toshkent shahridagi kvartiralarning yanvar oyidagi ijarasiga oid ma’lumotlarni keltirdi

Toshkent shahri bo‘yicha ijaraga beriladigan eng qimmat xonadonlar Mirobod tumanida joylashgan bo‘lib, ushbu hududda 1 kv.m uchun ijara narxi yanvar oyida 4% ga kamayib, 8,0 sh.b. ni tashkil etdi. Ijaraga beriladigan eng arzon kvartiralar esa Toshkent shahrining Sirg‘ali tumanida joylashgan bo‘lib, mazkur hududda kvartiralar ijarasining o‘rtacha 1 kv.m 3,3 sh.b. ni tashkil etmoqda.

Shuni ta’kidlash joizki, tumanlar ichidagi narxlarda ham ancha sezilarli tafovutlar mavjud. Xususan, ijaraga berish uchun taklif etilayotgan xonadonlarning eng qimmatlari Toshkent shahrining T.Shevchenko va Nukus ko‘chalarida hamda Markaziy univermag va Oybek metrosi atroflarida joylashgan.

“UyBor.uz” portali Toshkent shahridagi kvartiralarning yanvar oyidagi ijarasiga oid ma’lumotlarni keltirdi

Shuningdek, ijaraga berilayotgan xonadonlar soni bo‘yicha Mirobod va Mirzo Ulug‘bek tumanlari yetakchilik qilmoqda. Mazkur tumanlar Toshkent shahridagi jami ijaraga berilayotgan xonadonlar bo‘yicha taklifning 58 foizini o‘zida jamlagan. O‘z navbatida, ijaraga berilayotgan xonadonlarning keyingi o‘rinlari Yunosobod va Yakkasaroy tumanlariga to‘g‘ri keladi va ular jami taklifning 14 va 9 foizini tashkil qilmoqda.

Talab nuqtai nazarida, Toshkent shahrida ikki va uch xonali kvartiralarga qiziqish katta bo‘lib, ular jami talabning 60 foizini tashkil etadi.

“UyBor.uz” portali Toshkent shahridagi kvartiralarning yanvar oyidagi ijarasiga oid ma’lumotlarni keltirdi

Toshkent shahrida ijaraga berilayotgan xonadonlarning o‘rtacha narxi: 1 xonali kvartiralar uchun 240 sh.b., 2 xonalilari uchun 330 sh.b. ni va 3 xonalilari uchun 528 sh.b. ni tashkil etdi.

Ba’zi tumanlar bo‘yicha kvartiralar ijara narxlari (sh.b. da ko‘rsatilgan)

1 xona 2 xona 3 xona Mirobod 302 466 782 Yakkasaroy 251 373 621 Shayxontohur 200 286 544 Yunusobod 212 284 461 Mirzo Ulug‘bek 246 259 375 Chilonzor 178 260 421 Yashnobod 156 220 303 Toshkent shahri bo‘yicha o‘rtacha narx 240 330 528

Ushbu narxlar tanlangan toifadagi o‘rtacha ko‘rsatkichlardir. 100—150 sh.b. oralig‘ida ijara uchun arzon kvartiralar bo‘yicha takliflar shahar markazidan uzoqdagi Feruza mavzesi, TTZ, Qorasuv, Sirg‘ali hamda Chilonzor va Yunusobod tumanlarining ayrim hududlarida mavjud. Tabiiyki, ijaraga berilayotgan xonadonlar narxlariga kvartiraning qulay joylashuvi va undagi xonalar sonidan tashqari, xonadoning umumiy holati, unda mebel va maishiy texnikaning mavjudligi, jamoat transportining yaqinligi kabi qator omillar ta’sir ko‘rsatadi.

Ijaraga qo‘yilgan kvartiralar bo‘yicha to‘laroq ma’lumotga ega bo‘lmoqchi bo‘lsangiz http://uybor.uz/ru/arenda ga kirishingiz mumkin.

Ushbu ma’lumotlar “UyBor.uz” portalida ijaraga berilayotgan takliflarning o‘rtacha narx ko‘rsatkichlari asosida tayyorlangan. “Uybor.uz” va / yoki “Daryo” nashri ma’muriyati ushbu hisobot asosida qabul qilingan qarorlar uchun javobgar emas. Ko‘chmas mulk ijarasi masalasida professional maslahatga ega bo‘lish uchun Ko‘chmas mulk agentliklariga murojaat eting.

Reklama huquqi asosida

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн