Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Toshkentdagi Inha universitetining eng yaxshi talabalari taqdirlandi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 687           Дата: 2-02-2016, 15:40          
Toshkent shahridagi Inha universitetida 2016-yilning 29-yanvar kuni o‘tgan semestr natijalariga ko‘ra eng yaxshi talabalarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda universitet matbuot xizmati xabar bermoqda.

Toshkentdagi Inha universitetining eng yaxshi talabalari taqdirlandi

Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalarga yakuniy imtihon natijalari va semestr davomida yig‘gan ballari (kreditlari) asosida har bir kurs uchun 10 nafar talabaga 1 o‘quv semestri uchun kontrakt to‘lovidan 100% va 50% chegirmali grantlar belgilanadi.

Bundan tashqari, o‘rtacha o‘zlashtirishi bo‘yicha ko‘rsatkich 3,5 yoki undan yuqori bo‘lgan talabalar “Dekanat ro‘yxati” (Dean’s List) ga kiritildi va Faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.

Tadbir davomida o‘tgan semestr natijalariga ko‘ra Toshkent shahridagi Inha universitetining eng yaxshi talabalarining nomlari e’lon qilindi. Taqdirlanganlarning soni 20 nafarni tashkil qildi: 10 nafar birinchi va 10 nafar ikkinsi kurs talabalari.

Ushbu tadbir doirasida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining maxsus stipendiyasini qo‘lga kiritgan Muhammadjon Toshpo‘latov va Sherzodbek Abdurasulovlar ham taqdirlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi maxsus stipendiyasi iqtidorli talabalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘qishda, ijtimoiy hayotda, ilmiy izlanishlarda muvaffaqiyatlarga erishayotgan yoshlarga beriladi.

Tadbir davomida Toshkent shahridagi Inha Universiteti tayyorlov kurslarida imtihonlarni a’lo darajada topshirgan bir guruh tinglovchilar taqdirlandi. Olti nafar tinglovchiga sertifikat va qimmatbaho sovg‘alar – telefonlar, xotira diski va flesh disklar topshirildi.

Ushbu tadbir talabalarning ilm olishga bo‘lgan ishtiyoqini va ular orasidagi sog‘lom raqobatni oshirishga qaratildi.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн