Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

O‘zbekistonda suv-botqoqli hududlarni kengaytirish ishlari olib borilmoqda

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 497           Дата: 2-02-2016, 15:40          
Har yili 2-fevral kuni jahon hamjamiyati Butunjahon suv-botqoqli hududlar kunini (World Wetlands Day) nishonlaydi. Mazkur hodisa tarixi uzoq 1971-yilga, Kaspiy dengizining janubiy qirg‘oqbo‘yida joylashgan Ramsar shahriga (Eron) borib taqaladi. Mazkur shaharda “Xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan asosan suvda suzuvchi qushlar yashash joylari hisoblangan suv-botqoq hududlar to‘g‘risida”gi xalqaro Konvensiya imzonlangan. Bugungi kunga kelib Ramsar Konvensiyasi a’zolari 160 dan ortiq mamlakatni tashkil etadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi Axborot xizmati “Daryo”ga xabar bermoqda.

O‘zbekistonda suv-botqoqli hududlarni kengaytirish ishlari olib borilmoqda

Aholi keng e’tiborini suv-botqoqli hududlarni muhofaza qilishning muhimligiga qaratish maqsadida ushbu kun dunyo miqyosida mavzuga oid turli aksiyalar, tadbirlar o‘tkaziladi. O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi “Birds.uz” sayti tashkilotchilari bilan hamkorlikda Toshkent viloyatidagi Tuyabo‘g‘iz suv omboriga mediatur tashkil etdi. Tadbir dasturiga muvofiq suvda suzuvchi qushlar va suv oldi qushlari ustidan kuzatuv natijalariga bag‘ishlangan taqdimotlar namoyish etildi.

Bugungi kunda O‘zbekistonda xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan ikkita suv-botqoqli hududlar mavjud. Bular Dengizko‘l hamda Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimidir.

Dengizko‘l suvda suzuvchi qushlar monitoringi uchun muhim suv muhofaza obyekti hisoblanadi. U yerda qushlarning 170 dan ortiq turini, xususan, O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan qushlarning 24 turi va Tabiatni muhofaza qilish Xalqaro uyushmasi ro‘yxatiga kiritilgan 2 turini uchratish mumkin.

Umuman, mazkur akvatoriyaning bioxilma-xilligini sut emizuvchilarning 35 turi, baliq hamda sudralib yuruvchilarning 24 turi, amfibiyaning 2 turi tashkil etadi. Suvi oqib chiqib ketmaydigan ko‘lda o‘simliklarning 47 turi o‘sib, ulardan 6 turi O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan bo‘lib, 16 turi Markaziy Osiyo endemikalari hisoblanadi.

Ramsar ro‘yxatiga kiritilgan ikkinchi obyekt – Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi bo‘lib, uning tarkibiga Tuzkon, Arnasoy va Aydarko‘l ko‘llari kiradi. Suvi oqib chiqib ketmaydigan ko‘l 200 dan ortiq suvda suzuvchi va suv oldi qushlarini jalb etadi. Bu esa ushbu hududda ilmiy-tadqiqot faoliyatni olib borish uchun keng imkoniyatlarni ochib beradi. Akvatoriya suvlarida baliqlarning 22 turi, sudralib yurvchilarning 7 turi yashaydi.

O‘zbekistonning muhim suv havzalarini o‘rganish va monitoringini olib borish ishlari davom etmoqda: IBA maqomiga (muhim ornitologik hududlar) ega 24 ta suv-botqoqli obyektlar ajratilgan bo‘lib, ulardan 13 tasi Ramsar konvensiyasi talablariga muvofiq keladi.

Hozirda O‘zbekistonda Ramsar konvensiyasiga muvofiq keluvchi hududlarni kengaytirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031