Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

O‘zbekistonlik internet foydalanuvchilar tashabbusi: Ehtiyojmandlar uchun non qoldiriladigan peshtaxta

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 373           Дата: 2-02-2016, 15:40          
Qozog‘istonning Ust-Kamenogorsk shahrida o‘quvchilar tomonidan boshlangan loyiha Facebook ijtimoiy tarmog‘ining o‘zbekistonlik foydalanuvchilari tomonidan tashkil etilgan va faol bahs-munozaralar olib boriladigan “Potrebitel.uz” guruhi e’tiboriga tushdi.

O‘zbekistonlik internet foydalanuvchilar tashabbusi: Ehtiyojmandlar uchun non qoldiriladigan peshtaxta

“Nur.kz”ning yozishicha, Ust-Kamengorsk shahridagi maktab o‘quvchilar bir vaqtning o‘zida ikkita non sotib olish taklifi bilan chiqqan — nonning biri uyga olib ketilsa, ikkinchisi ehtiyojmandlar, birinchi galda, pensionerlar uchun do‘kondagi alohida ajratilgan peshtaxtada qoldiriladi.

Aksiyaga shahar aholisi faol qo‘shilib, alohida ajratilgan peshtaxtalarda ehtiyojmandlar uchun nafaqat non, balki sut, yormalar, choy va boshqa mahsulotlarni ham qoldira boshlagan. Qo‘shni mamlakatdagi mazkur xayriya tashabbusi Facebook’dagi “Potrebitel.uz” guruhi foydalanuvchilari tomonidan e’tirof etildi.

Foydalanuvchilardan biri Toshkent shahridagi yirik supermarket tarmoqlari vakillariga murojaat qilib, O‘zbekistonda ham shunday aksiyalar tashkil etishni taklif qilgan. “Yaxshilik qilish — insoniyat ehtiyoji. Mehr-muruvvat esa xalqimizga xos. O‘ylashimcha, ko‘pchilik bu g‘oyani qo‘llab-quvvatlaydi va ma’qullaydi”, — deb yozadi tashabbus muallifi.

Bu taklif guruhning boshqa foydalanuvchilari tomonidan faol ravishda ma’qullangan. Fikr bildiruvchilarning aksariyati bu aksiya qisqa muddatli emas, uzoq va barqaror davom etadigan tadbir bo‘lishi kerakligi, tashkiliy tomonlari puxta ishlab chiqilishi kerakligini qayd etgan.

Ba’zilar ehtiyojmandlar katta supermarketlarga kirmasligi mumkinligini qayd etib, shu sababli ham aksiyani ko‘chalarda o‘tkazish kerakligini ta’kidlagan. Bundan tashqari, Qozog‘istonning ba’zi shaharlarida bepul tushliklar tarqatilishi ham yaxshi namuna sifatida ko‘rsatilgan.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн