Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Zilzilabardosh uylar qanday quriladi? So‘nggi vaqtlarda Toshkent aholisini tashvishga solayotgan 7 savol

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 1 337           Дата: 1-02-2016, 10:41          
Nima uchun so‘nggi vaqtlarda tez-tez yer qimirlayapti? Uy-joyning zilzilabardoshliligi haqida nimalarni bilish zarur? Qanday bino kuchli zilzilalarga bardosh bera oladi? Shu kabi savollarning javoblari — “Savol-javob”imizda.

01



Nima bo‘lyapti?

So‘nggi vaqtlarda Toshkentda ketma-ket yer silkinishlari sezilib turibdi, shu sababli ko‘pchilik bu mavzuga katta qiziqish bildirmoqda. Qo‘shma loyiha doirasida “Daryo” va Murad Buildings zilzila vaqtida nima bo‘lishi, zilzilabardosh uylar qanday qurilishi va uyning xavfsizligi nimalarga bog‘liq ekanligi haqida hikoya qiladi.[/b]

02



Nima uchun yer qimirlaydi?

Yer qobig‘i tektonik plitalar deb ataluvchi, bir-biriga nisbatan doimiy harakatda bo‘ladigan bir necha ulkan qismlarga bo‘linadi. Plitalarning to‘qnashuvi va deformatsiyasi natijasida chiqqan energiya tog‘ jinslarining keskin yorilishiga va seysmik to‘lqinlarning yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. Buning oqibatida yuz beradigan yerosti zarblari va yer sathidagi tebranishlar zilzila deb ataladi.

Zilzilalarning aksariyati shu qadar kuchsizki, ularni faqatgina maxsus moslamalar yordamida sezish mumkin. Biroq, masalan, 5 ballik zilzilani sezmaslikning iloji yo‘q.

03



5 ball — bu ko‘pmi yo kam?

Bu zilzilani qaysi shkala bo‘yicha baholashga bog‘liq. Rixterning magnitudalar shkalasi zilzila o‘chog‘ida (ya’ni, yer ostida) vujudga kelgan seysmik to‘lqinlar energiyasini o‘lchaydi. Rixter shkalasi bo‘yicha magnituda 1 dan 9 gacha bo‘ladi.

Biroq silkinishlarning yer ustidagi vayronkor kuchi 12 ballik MSK-64 intensivlik shkalasi (Medvedev-Shponxoyer-Karnik shkalasi) bo‘yicha aniqlanadi.

Unga ko‘ra, yer sathidagi 3 ballgacha bo‘lgan silkinishlar sezilmas deb ataladi, agar uch balldan oshsa — sezilarli, 7 ballgacha — kuchli, 8—9 ball bo‘lsa — vayronkor hisoblanadi. Intensivligi 9 ball va undan yuqori zilzila, bu — haqiqiy fojea.

1966-yilgi Toshkent zilzilasi magnitudasi Rixter shkalasi bo‘yicha 5,2 ga teng bo‘lgan, biroq o‘chog‘i yer yuzasiga yaqin bo‘lgani uchun — sathda (12 balli MSK-64 shkalasi bo‘yicha) 8—9 balli silkinishlarga sabab bo‘lgan.

04



Zilzilabardosh uylar qanday quriladi?

Zilzilabardosh uylar qanday quriladi? So‘nggi vaqtlarda Toshkent aholisini tashvishga solayotgan 7 savol

“Gulsaroy” turar-joy majmuasi[/i]

O‘zbekistondagi zamonaviy qurilish norma va qoidalari qurilish olib boriladigan hududdagi seysmik xavfni hisobga olishni talab etadi. Bino va inshootlarni loyihalashtirish va qurishda, qurilish hududidan kelib chiqqan holda, MSK-64 shkalasi bo‘yicha 7 balldan 9 ballgacha bo‘lgan ko‘rsatkichlar hisobga olinadi.

Inshoot zilzilabardoshligi quyidagilarga bog‘liq bo‘ladi:

  • Tuproq yostig‘i (poydevor osti grunti). Bino cho‘kmasligi va mustahkamligiga futur yetmasligi uchun, tuproq poydevor va konstruksiya og‘irligini ko‘tara olishi zarur. Loyihalash ishlari vaqtida tuproqning optimal zichligi, uning cho‘kuvchanligi yoki cho‘kuvchan emasligi hisobga olinadi. Tuproq zichligini oshirish maqsadida u qatlam-qatlam qilib trambovka qilinadi.
  • [b]Poydevor. Mustahkam poydevor bino konstruksiyasi uzoq yillar davomida xizmat qilishini kafolatlaydi. Bino qancha baland bo‘lsa, uning poydevori ham shuncha mustahkam bo‘lishi darkor. Poydevorning mustahkamligi ikki asosiy omilga bog‘liq: armaturalash talablariga rioya etish va beton quyishning to‘g‘ri texnologiyasidan foydalanish.
  • Temir-beton konstruksiyalar. Temir-beton zilzila vaqtida og‘irlik va tuproq siljishlariga munosib bardosh bera oladi: armatura kengayishga, beton esa zichlashishga javob beradi. Temir-beton konstruksiyalar poydevor qo‘yishda, binoning asosiy ustunlarini ko‘tarishda, rigel va oraliq plitalarda ishlatiladi.
  • G‘isht terish. G‘ishtning zilzilabardoshliligi uchta asosiy ko‘rsatkichga — mustahkamlik, biriktiruvchi qorishma va po‘lat bog‘lovchilarga bog‘liq. Po‘lat bog‘lovchilar g‘ishtni bino karkasiga qotiradi va konstruksiyaning yaxlitligini ta’minlaydi. Zilzila vaqtida bino va biriktiruvchi qorishma birgalikda harakatlanganda, bunday usulda mustahkamlangan devorlarga zarar yetmaydi.
  • Zilzilabardoshlikni ta’minlovchi choklar. Bu — ikki qator tutib turuvchi devor, degani. Ular binoni bir-biridan mustaqil, alohida barqaror qismlarga bo‘ladi va zilzila vaqtida bino shaklining o‘zgarishi ehtimolini kamaytiradi. Agar inshoot balandligi 40 metrdan yuqori bo‘lsa, aynan shu texnologiyadan foydalaniladi.
  • 05



    Bundan nima foyda?

    Zilzila vaqtida bino to‘lqinlar harakatini takrorlashga urinadi — binoning ba’zi qismlari kengayadi, boshqalari esa zichlashadi, tuproq harakatlanishi natijasida bino harakatga keladi. Silkinish qancha keskin bo‘lsa, quyi qavatlarning yuqori qavatlarga nisbatan siljish tezligida shuncha katta farq bo‘ladi. Zilzilabardosh qurilishning asosiy vazifasi — 9 ballik zilzilalar vaqtida binoning konstruksiyasi butunligini saqlab qolish.

    Xulosa qilib aytganda, bino mustahkam bino ishonchli bo‘lishi uchun uni to‘g‘ri loyihalashtirish, qurilish joyini to‘g‘ri tanlash va shundan so‘ng sifatli qilib qurish kerak.

    06



    Quruvchi kompaniya va mening bo‘lajak uyim ishonchli ekanligini qanday bilaman?

    Savollar bering. Kompaniya necha yildan beri qurilish bilan shug‘ullanmoqda? Quruvchining ma’lum bir brendga ega emasligi xavotirga solishi kerak, chunki brend — kompaniya kelajakka nazar tashlayotgani, shu sababli ham o‘z obro‘si, nufuzi uchun qayg‘urayotgani belgisidir. Agar siz faoliyatini endi boshlagan kompaniyaga murojaat qilgan bo‘lsangiz, qurilishning barcha bosqichlarini mustaqil ravishda kuzatib borgan ma’qul. Agar siz xonadon sotib olmoqchi bo‘layotgan bino qurib bo‘lingan bo‘lsa, quruvchi kompaniyaning boshqa obyektlariga borib, qurilish jarayoni va unga bo‘lgan munosabat qanday ekanligi bilan tanishing. Ikkinchi yo‘li — tayyor uyning qurilish tarixi aks etgan fotoxronikani so‘rash. O‘z ishini sevadigan professional qilingan ish tarixi tasvirlangan fotosuratlarni sizga ko‘rsatishdan faqat xursand bo‘ladi.

    Shuningdek, quruvchi kompaniya qaysi ta’minotchilar bilan ishlashi, g‘ishtlarni qayerdan sotib olishi, qanday armaturadan foydalanishiga ham qiziqing. Murad Buildings faqat sinovdan o‘tgan, ko‘p yillardan beri bozorda faoliyat olib borayotgan kompaniyalar bilan ishlaydi, obro‘si haqida qayg‘uradi va o‘z ishini sevadi.

    07



    Endi nima bo‘ladi?

    Seysmologlarning qayd etishicha, “davriylik degan tushuncha bor: davomiy sokinlikdan so‘ng zilzilalar faollashadi, bunday faollashuv bizning mintaqamizda taxminan ellik yil avval kuzatilgan. Hozir sezilarli silkinishlar ko‘paydi… Insoniyat hozirga qadar zilzilalarni oldindan aniq bashorat qilish yo‘lini topolmagan bo‘lsa-da, O‘zbekiston hududidagi plitalarning siljishiga hali yigirma yildan ko‘proq vaqt bor. Agar qurilish normalariga rioya etiladigan bo‘lsa, zilzila vaqtida uylar buzilmaydi”. Murad Buildings kompaniyasi uylarni mustahkam va baquvvatliligini ta’minlovchi zamonaviy texnologiyalarni qo‘llagan holda turar joy majmualarini barpo etadi.

    • Zilzilabardosh uylar qanday quriladi? So‘nggi vaqtlarda Toshkent aholisini tashvishga solayotgan 7 savol
      Po‘lat bog‘lovchi
    • Zilzilabardosh uylar qanday quriladi? So‘nggi vaqtlarda Toshkent aholisini tashvishga solayotgan 7 savol
      Ustunlarni armaturalash
    • Zilzilabardosh uylar qanday quriladi? So‘nggi vaqtlarda Toshkent aholisini tashvishga solayotgan 7 savol
      Poydevorni armaturalash
    • Zilzilabardosh uylar qanday quriladi? So‘nggi vaqtlarda Toshkent aholisini tashvishga solayotgan 7 savol
      Plitalarni sinash
    • Zilzilabardosh uylar qanday quriladi? So‘nggi vaqtlarda Toshkent aholisini tashvishga solayotgan 7 savol
      G‘isht terish va ustunlarni armaturalash
    • Zilzilabardosh uylar qanday quriladi? So‘nggi vaqtlarda Toshkent aholisini tashvishga solayotgan 7 savol
      Kotlovanni tuproq trambovkasiga tayyorlash
    • Zilzilabardosh uylar qanday quriladi? So‘nggi vaqtlarda Toshkent aholisini tashvishga solayotgan 7 savol
      Rigellarni armaturalash jarayoniga tayyorgarlik
    • Zilzilabardosh uylar qanday quriladi? So‘nggi vaqtlarda Toshkent aholisini tashvishga solayotgan 7 savol
      G‘ishtning to‘liq terilishi
    • Zilzilabardosh uylar qanday quriladi? So‘nggi vaqtlarda Toshkent aholisini tashvishga solayotgan 7 savol
      Po‘lat bog‘lovchi
    • Zilzilabardosh uylar qanday quriladi? So‘nggi vaqtlarda Toshkent aholisini tashvishga solayotgan 7 savol
      Ustunlarni armaturalash

    Reklama huquqi asosida

    - deb xabar beradi Daryo nashri.


    Похожие музыки

    Похожие клипы

    Добавить комментарий

    avatar

    Новости партнеров

    Календарь новостей

    «    Декабрь 2016    »
    ПнВтСрЧтПтСбВс
     1234
    567891011
    12131415161718
    19202122232425
    262728293031 

    Мы Онлайн