Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Savol-javob: Tibbiy niqoblar grippdan saqlanishga yordam beradimi?

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 453           Дата: 1-02-2016, 09:40          
Qor, yaxmalaklar va qahraton — qish ziynatlari. Biroq sovuq kunlarning yana bir, baxtga qarshi, noxushroq darakchisi bor — gripp. Meduza nashri grippdan himoyalanishda niqoblarning o‘rni qandayligi haqida “Savol-javob” tayyorladi.

Savol-javob: Tibbiy niqoblar grippdan saqlanishga yordam beradimi?

Nima bo‘ldi?

Mavsumiy gripp epidemiyasi sabab Rossiyada odamlar shoshilinch ravishda tibbiy niqoblarni sotib olishni boshladi. Ba’zi shaharlarning dorixonalarida bunday niqoblar tugab qolgan, boshqa shaharlarning ma’muriyatlari esa niqob taqchilligini tez orada hal qilishga va’da bermoqda.

Tibbiy niqoblar? Siz, haligi, dokadan tayyorlangan bog‘ichlarni aytyapsizmi?

Hozirgi kunda bunday bog‘ichlardan nisbatan kam foydalanilayotgan bo‘lsa-da, ha, ular ham nazarda tutilmoqda. Yuzni muhofaza qilishga mo‘ljallangan bog‘ichlarning ko‘plab turlari mavjud bo‘lib, ularning har biri o‘ziga xos materialdan tayyorlanadi va turli nom bilan ataladi. Qulaylik bo‘lsin uchun biz bunday bog‘ichlarning barini “tibbiy niqoblar” deb ataymiz.

Xo‘sh, tibbiy niqoblar samaralimi yoki yo‘q?

Bu niqobning turi va undan kim, qanday maqsadda foydalanayotganiga bog‘liq. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) mutaxassislarining fikricha, oddiy maishiy holatlarda — avtobusda, do‘konda yoki ochiq havoda tibbiy niqobni taqib yurish infeksiyalarni yuqtirib olishdan himoya qilolmaydi.

Nima uchun?

Gripp havo-tomchi yo‘li orqali yuqadi. Kasallangan odam aksirsa yoki yo‘talsa, havoga kasallangan tomchilar otilib chiqadi va sog‘lom odam nafas olish orqali ularni yutishi mumkin. Agar bemor tanasining biror qismiga qo‘l tekkizib, so‘ng kishi o‘z yuzini ushlasa ham, kasallikni yuqtirib olish ehtimoli oshadi. Bunda gap so‘lak yoki ter tomchilari haqida emas, balki mikroskopik hajmdagi zarralar haqida ketayotganini tushunish kerak. Odatda odamlar himoya darajasi eng past bo‘lgan niqoblar — FFP1 ni sotib oladi (bundan tashqari, FFP2 va FFP3 degan niqob turlari ham bor). Bunday niqoblarning himoya qatlami inson yuziga yaxshi yopishib turmaydi va zararlangan zarralarni osonlik bilan o‘tkazib yuboradi.

Unda nima uchun ularni sotishadi?

Bunday niqoblar odatda boshqa maqsadlar uchun kerak. Masalan, operatsiya vaqtida jarrohning yuzi ifloslanishining oldini olish uchun. Bundan tashqari, undan bemorlar foydalanishi mumkin — ularning so‘lak zarralari atrofdagilarni zararlamasligi uchun. Aytmoqchi, agar niqobni har ikki soatda almashtirib turilmasa, infeksiya tarqalishi xavfi faqat va faqat oshadi — bu vaqt davomida niqobdagi viruslar miqdori oddiy nafas chiqarishdagi viruslar sonidan ancha oshib ketadi.

Qanday niqoblar grippdan saqlay oladi?

FFP2 va FFP3 tasnifidagi respiratorlar. Odatda bunday himoya vositalardan faqat professionallar — masalan, tibbiy xodimlar — yoki gripp bilan kasallanishi og‘ir asoratlarga sabab bo‘ladigan odamlar foydalanadi. Kundalik hayotda foydalanish uchun bunday niqoblar ko‘p ham qulay emas. Ustiga ustak, bundan-da ishonchliroq himoya vositalari bor.

Qanday?

JSST tomonidan har yili yangidan tasdiqlanadigan preparatlar yordamida amalga oshiriladigan vaksinatsiya. Gap shundaki, gripp har xil bo‘ladi. Mutaxassislar bu mavsum grippning qanday turi tarqalayotgani kuzatib boradi, epidemiya qaysi yo‘nalish bo‘ylab harakatlanayotganini aniqlaydi va Yer sharining turli qismlariga qaysi vaksinalarni tayyorlash ma’qulligi haqida tegishli tavsiyalarni beradi. Xavf guruhiga kiruvchilar — yosh bolalar, surunkali xastaliklarga chalinganlar, homilador ayollar, keksalar, tibbiy va ijtimoiy soha xodimlarini har yili yangidan emlangani ma’qul.

Gripp epidemiyasi o‘zi xavotirga arziydigan narsami?

Odatda, unchalik ham xavfli emas. Hammasi kishi qaysi turdagi gripp bilan og‘riganiga bog‘liq. Ko‘p hollarda grippni davolash uchun shifokor aralashuviga zarurat qolmaydi va kasallik o‘zidan o‘zi o‘tib ketadi. Biroq ba’zi holatlarda shifokorga murojaat qilish shart. Bolalarda — tez-tez yoki qiynalib nafas olish, teri rangining ko‘karishi, suyuqlik ichishda qiynalish, haroratning keskin ko‘tarilib ketishi va ahvoli yaxshilanganidan so‘ng yo‘tal tutishi — xavotirli belgilar. Kattalarda — nafas olishdagi qiyinchiliklar, havo yetishmayotganligi hissi, ko‘krak yoki qorindagi og‘riq, to‘satdan ko‘ngil aynishi, vaqt va makon hissining buzilishi, keskin qayt qilish — xavotirli belgilar. Bu yakuniy ro‘yxat emas. Umumiy qoida esa oddiy: agar sizni biror-bir simptom bezovta qilayotgan bo‘lsa, eng yaxshisi, shifokorga murojaat qiling.

Emlash og‘ir asoratlarga olib kelmaydimi?

Ko‘ngilsiz asoratlar bo‘lishi mumkin. Shunga qaramay, grippga qarshi emlash eng xavfsiz tibbiy choralardan biri, deb hisoblanadi.

Emlashni qachon amalga oshirgan ma’qul?

Eng yaxshi variant — mavsumiy gripp epidemiyasi boshlanishidan kamida ikki hafta avval. Epidemiya odatda yanvarning birinchi yarmida va fevralning ikkinchi yarmida kuzatiladi. Sentabrdan avval emlashni amalga oshirmaslik kerak, chunki JSST vaksinalar bo‘yicha prognozini faqat yozda e’lon qiladi, shundan keyingi tayyorgarlik va tekshiruv ishlari esa ma’lum bir vaqtni oladi.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031