Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

“Mikrokreditbank”ning “Nuroniy” jamg‘arma omonati “milliy valyutadagi eng yaxshi jamg‘arma depoziti” deb e’tirof etildi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 455           Дата: 30-01-2016, 20:40          
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 31-oktabrdagi “Aholining omonatlarini jalb qilish bo‘yicha respublika tijorat banklari o‘rtasida tanlov o‘tkazish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, respublika tijorat banklari o‘rtasida 2015-yil yakunlariga ko‘ra aholi bo‘sh pul mablag‘larini banklardagi omonatlarga jalb qilish bo‘yicha tanlov o‘tkazildi.

“Mikrokreditbank”ning “Nuroniy” jamg‘arma omonati “milliy valyutadagi eng yaxshi jamg‘arma depoziti” deb e’tirof etildi

Tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimi Tashkiliy qo‘mita raisi — O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.Mullajonov boshchiligida O‘zbekiston Banklari assotsiatsiyasida bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tanlovda “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki ham faol ishtirok etib, uchta asosiy va bitta qo’shimcha nominatsiyada, jumladan, “Plastik kartochkalar asosida ish haqi loyihalarini amaliyotga joriy etish bo‘yicha eng yaxshi bank filiali” nominatsiyasida bankning Kosonsoy filiali — birinchi o‘rin, “Qishloq joylarda aholi omonatlarini jalb qilish bo‘yicha yilning eng yaxshi filiali” nominatsiyasida bankning Oqtosh filiali — uchinchi o‘rin, “Qishloq joylarda aholi omonatlarini jalb qilish bo‘yicha yilning eng yaxshi mini-banki” nominatsiyasida bankning Pskent filiali “Murotali” mini-banki — birinchi o‘rin hamda “Milliy valyutadagi eng yaxshi jamg‘arma depoziti” nominatsiyasida bankning “Nuroniy” jamg‘arma omonati g‘olib deb topildi.

Ta’kidlash joizki, mazkur tadbir yurtimiz moliya muassasalarini yanada rivojlantirish, aholining bo‘sh pul mablag‘larini depozitlarga jalb etishda banklar uchun kuchli rag‘batlantiruvchi omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Jumladan, bugungi kunda “Mikrokreditbank” ATB tizimda aholi uchun qulay bo‘lgan “Poydevor”, “Adolat”, “Samara”, “Joziba”, “Omad”, “Farovon hayot”, “Yoshlik” va “Oila jamg‘armasi” deb nomlangan jami 19 turdagi jozibador omonatlar joriy etilgan bo‘lib, shundan 16 turdagi milliy valyutada va 3 ta chet el valyutasidagi omonatlar qabul qilinmoqda.

Bu borada raqamlarga murojaat qilsak, 2016-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra jalb etilgan aholi omonatlari qoldiqi 212,3 milliard so‘mni, omonatchilar soni esa 524 368 nafarni tashkil qildi. Bu esa o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 71,1 milliard so‘mga yoki 150,0 foizga, omonatchilar soni esa 248 398 nafarga oshganini ko‘rsatadi. Shuningdek, bank tomonidan hisobot davrida muomalaga chiqarilgan plastik kartochkalar soni 959 395 tani tashkil qilib, o‘tgan yil boshiga nisbatan 40 foizga yoki 274 272 donaga ko‘paydi. Shundan oylik “Ish haqi loyiha”lariga yo‘naltirilgan plastik kartalar soni 815 486 taga yetkazildi. Mijozlarga o‘rnatilgan to‘lov terminallari soni 12 810 tani, plastik kartochkalardagi mablag‘lar qoldig‘i esa 112,9 milliard so‘mni tashkil etdi.

Reklama huquqi asosida. Xizmatlar litsenziyalangan

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн