Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Fransiya elchixonasi o‘quvchilar o‘rtasida frankofon teatr festivalini tashkil etadi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 413           Дата: 29-01-2016, 18:00          
Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda O‘zbekiston yoshlar teatri bilan hamkorlikda 2016-yil 15—16-aprel kunlari maktab, kollej va litsey o‘quvchilari hamda talabalar uchun mo‘ljallangan frankofon teatr festivalini tashkil etadi. Bu haqda elchixona matbuot xizmati xabar bermoqda.

Fransiya elchixonasi o‘quvchilar o‘rtasida frankofon teatr festivalini tashkil etadi

Festivalda ishtirok etuvchi artistlar yoshi 12 dan 22 yoshgacha bo‘lishi, har bir truppa ko‘pi bilan 7 artistdan iborat bo‘lishi lozim. Festivalda ko‘pi bilan 20 ta truppa ishtirok etishi mumkin.

Truppalar uchta turkumga bo‘lingan holda o‘z asarlarini namoyish etadi: 12—15 yoshlar, 15—18 yoshlar va 18—22 yoshlar. Har bir spektakl 10 daqiqadan 20 daqiqagacha davom etadi. Festival Toshkent teatrlaridan birida bo‘lib o‘tadi.

Elchixona festival ishtirokchilarini 15—16-aprel kunlari tushlik bilan ta’minlaydi.

Festival yakunlari bo‘yicha fransuz va o‘zbek mutaxassislaridan iborat hakamlar hay’ati tomonidan 10 ta mukofot taqdim etiladi.

Arizalar 12-fevralgacha qabul qilinadi.

Festivalning qo‘shimcha shartlari va unga yozilish varaqasini yuklab olish uchun ushbu havolaga o‘ting.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн