Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Yurak hikoyalari-4. “Qo‘l bilan yaratilgan mo‘jiza”

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 1 361           Дата: 29-01-2016, 11:20          
Toshkent pediatriya institutining kardiojarrohlik bo‘limi reanimatsiyasida har doim bir narsa chiyillab turadi, karavot yoniga qo‘yilgan monitorlarda raqam va grafiklar lip-lip etib o‘tadi. Bu yerda yuragi operatsiya qilingan bolalar yotadi. Bemorlarni ko‘rgani kelganlar kiritilmaydi. Kichkintoylarning onalari reanimatsiya oldida soqchilar kabi, “bolajonlariga bir nigoh tashlash uchun”, ichkariga kirishga ruxsat kutadi.

Yurak hikoyalari-4. “Qo‘l bilan yaratilgan mo‘jiza”

Xondona Mahmudaliyevaning onasi Dildor o‘z soqchiligini tugatdi — qizalog‘ini reanimatsiyadan oddiy palataga o‘tkazishdi: qizaloq endi qo‘g‘irchog‘i bilan o‘ynar, ohista jilmayib, bir nimalarni chug‘urlab, o‘zi bilan o‘zi ovora.

Xondona atigi bir yoshu ikki oylik, unga tug‘ilganidayoq Fallo tetradasi deb atalmish yurak xastaligi tashxisi qo‘yilgan.

“Tetrada” to‘rt ma’nosini anglatadi va bunday tashxis yurak tuzilishida to‘rtda nuqson bor, degani. Bu bolalarda uchraydigan tug‘ma xastaliklardan biri bo‘lib, yurak xastaliklarining 10 foizini tashkil etadi. Davolamasa, oqibati achinarli — xasta bolalarning to‘rtdan biri bir yoshgacha nobud bo‘ladi. O‘rta hisobda, bunday bemorlar 12 yil umr ko‘radi.

Bolalar kardiojarrohlik bo‘limi mudiri Doniyor Pirnazarov aytishicha, bunday tug‘ma xastaliklar va buzilishlar prenatal rivojlanish bosqichida yuzaga keladi. Boshqa yurak xastaliklari singari Fallo tetradasi ham homilaning yuragi shakllanayotgan davrda — homiladorlikning to‘qqizinchi haftasigacha shakllanadi. Shu davrda turli salbiy ta’sirlar mavjud bo‘lsa, bu homila rivojlanishining buzilishiga olib keladi. Kasallikning sababi gen darajasida yotadi va ikki xil bo‘ladi — nasldan naslga o‘tuvchi yoki turli mutagen faktorlar ta’sirida paydo bo‘luvchi. Bu salbiy ta’sir turli ionlantiruvchi nurlanish, kimyoviy moddalar (ayrim dorilar, zararli moddalar), alkogol, virus va mikroblardan bo‘lishi mumkin. Shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra, qarindoshlar o‘rtasidagi nikoh tug‘ma yurak xastaliklari xavfini bir necha karra oshiradi.

Xondona oiladagi uchinchi farzand — uzoq kutilgan yagona qizaloq, uning ikki akasi bor, ularning biri bolalar serebral falajiga chalingan. Qizaloqning onasi — Dildor matematika o‘qituvchisi sifatida maktabda ishlaydi, hozir dekret ta’tilida. Baxtga qarshi, matematika yordam berolmadi — oila budjeti raqamlari operatsiya uchun talab etilgan miqdorga yetmadi. Shifokorlar operatsiyani tezroq o‘tkazish kerakligini ta’kidlar, biroq kerakli materiallar va ochiq yurakda operatsiya o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan oksigenatorga yetarli pul to‘plashga oilaning qurbi yetmasdi.

Yurak hikoyalari-4. “Qo‘l bilan yaratilgan mo‘jiza”

Yangi yil kechasi, kurantlar bong urayotgan paytda, Dildor bir niyatni diliga tugib qo‘ydi — mo‘jiza ro‘y bersa-yu, farzandlari sog‘ayib ketsa. Yanvarning birinchi kunlarida Dildorni qizalog‘i bilan Toshkentga, operatsiyaga taklif qilishdi. Ma’lum bo‘lishicha, ular “Sochnaya dolina” savdo markasining “Birgalikda hayotlarni qutqaramiz!” xayriya aksiyasi doirasida operatsiya uchun zarur oksigenator va boshqa materiallari xarajatlari to‘lab berilganlar qatoriga kirgan ekan. 2015-yilning noyabr oyi mobaynida “Sochnaya dolina”ning sotilgan har bir sharbati qutisidan tushgan pulning muayyan qismi Toshkent pediatriya institutining xayriya hisob-raqamiga o‘tkazilib, kam ta’minlangan oilalarning yurak operatsiyasiga o‘ta muhtoj, og‘ir xastalikka chalingan bolalarini davolash uchun yo‘naltirildi.

Dildor mazkur aksiyani “qo‘l bilan yaratilgan mo‘jiza” deb atadi. “Endi qizimning yuragida minglab insonlarning yuragi urayapti va men buni hech qachon unutmayman”, — dedi u xayrlashuv vaqtida.

Bu “Sochnaya dolina” savdo markasi o‘tkazgan “Birgalikda hayotlarni qutqaramiz!” xayriya aksiyasi doirasidagi to‘rtinchi hikoya va bu hikoyalarning hali davom bor.

  • Yurak hikoyalari-3. “Ura, men operatsiyaga boraman!”

  • Yurak hikoyalari-2. “Endi men yashashni istayman…”

  • Yurak hikoyalari: “Men bor joyda doim quyosh charaqlaydi…”

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн