Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Alisher Navoiy muxlislari tuzgan ikkinchi devon Tokioda nashrdan chiqdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 557           Дата: 28-01-2016, 18:20          
Alisher Navoiy 24 yoshga kirganida uning she’rlarini muxislari yig‘di va devonga aylantirdi. Bu devonni 1968-yilda olim Hamid Sulaymonov fotonusxasini olib kelib, kitob shaklida chop qildirgan edi, deb yozadi Alisher Navoiy haqidagi sayt.

Alisher Navoiy muxlislari tuzgan ikkinchi devon Tokioda nashrdan chiqdi

2008-yilda Navoiyning yana bir devoni topildi. Bu ham uning muxlislari tomonidan 1471-yil tartib berilgan ekan. Farqli jihati, bu devonni Xurosonga chegaradosh bo‘lgan mamlakat – Oqquyunlilar saltanatida tayyorlashgan va undagi she’rlar qarluq lahjasidan o‘g‘uz lahjasiga moslangan. Devonni o‘z davrining taniqli xattoti Abdurahim Xorazmiy ko‘chirgan.

Mazkur devonni fanga ma’lum qilgan olim Aftondil Erkinov uning fotonusxasini (faksimile) Tokioda kitob shaklida nashrdan chiqardi. Kitobda Navoiyning 1465—1471-yillarda yozilgan she’rlari bilan tanishish mumkin.

Alisher Navoiy muxlislari tuzgan ikkinchi devon Tokioda nashrdan chiqdi

Devon shartli ravishda “Oqquyunli muxlislar devoni” deb nomlandi. Kitobning kirish qismidan o‘rin olgan uch tilda (rus, o‘zbek, ingliz) berilgan katta hajmdagi ilmiy maqolada Alisher Navoiy ijodi va mazkur devonning tuzilishi, topilishiga doir muhim ma’lumotlar aks etgan.

Eslatib o‘tamiz, Navoiyning bu ikki devoni tuzilganda ham hali shoir o‘z she’rlarini rasman to‘plam holiga keltirmagan edi.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031