Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Qaroqchining qo‘liga tushgan “Baron”, Yevropa uchun Eron gazi, Ramzan Qodirovdan norozi rossiyaliklar va kunning boshqa muhim yangiliklari

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 542           Дата: 28-01-2016, 18:20          
28-yanvarning muhim yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.

Qaroqchining qo‘liga tushgan “Baron”, Yevropa uchun Eron gazi, Ramzan Qodirovdan norozi rossiyaliklar va kunning boshqa muhim yangiliklari

1. Rustam Sa’diyev “o‘zbek kinosi rivoji uchun” “Baron” filmini kinoteatrlarda tomosha qilishga chaqirdi. Bir narsa aniq — kinoteatrlarda zo‘r muvaffaqiyat bilan namoyish etila boshlangan film noqonuniy ravishda disklarga chiqib ketgan, juda yaxshi sifatda.

2. Eron ikki yildan so‘ng Yevropaga gaz yetkazib berishni boshlashni rejalashtirmoqda. Eron, shuningdek, Fors ko‘rfazidagi qo‘shnilari — Kuvayt va BAAga gaz yetkazib berishni rejalashtirmoqda, hatto ayni paytda munosabatlar tarang bo‘lgan Saudiya Arabistoni ham istisno etilmayapti.

3. Toshkent rossiyalik sayyohlar orasida eng ommabop shaharlar o‘ntaligiga kirdi. O‘zbekistonning Toshkent, Buxoro va Samarqand shaharlariga sayohat eng ko‘p bron qilinishi ma’lum bo‘ldi.

4. Denis Istomin kelishilgan o‘yinlarda qatnashgani haqidagi ayblovlarni bema’nilik deb atadi. “Bu g‘irt bema’nilik. Bunday da’volar hech qanday asosga ega emas”, — dedi O‘zbekistonning birinchi raqamli raketkasi.

5. Rossiyaliklar Ramzan Qodirovning muxolifat haqidagi gaplarini nomaqbul deb atadi. “Levada-markaz” so‘rovi ishtirokchilarining qariyb 60 foizi rossiyalik siyosatchilarning tizimdan tashqari muxolifatchilar xalq dushmanlari hisoblanishi haqidagi fikrlarini nomaqbul deb atadi.

Bonusiga test — astronomiya borasidagi bilimlaringizni sinab ko‘ring.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн