Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Rahbarlik mavzuiga oid masalalarda nufuzli ekspert Jon King Toshkentda seminar o‘tkazadi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 695           Дата: 27-01-2016, 16:20          
15-mart kuni jamoaviy ustunlikni o‘rnatish bo‘yicha mashhur notiq va ekspertning seminari bo‘lib o‘tadi. Unda ma’ruzachi zamonaviy biznes sharoitlarida eng sara natijalarga erishish yo‘lida muloqot va o‘zaro munosabatlarning tamoyillari bilan o‘rtoqlashadi.

Rahbarlik mavzuiga oid masalalarda nufuzli ekspert Jon King Toshkentda seminar o‘tkazadi

Bo‘lajak seminar, muvaffaqiyatli va samarali biznes-tashkilotda hukm surishi zarur bo‘lgan korporativ madaniyat qanday bo‘lishi kerakligi to‘g‘risidagi mavzuni batafsil yoritadi. Tadbir dasturi nazariy qismdan iborat bo‘lib, unda mashhur kishilarni boshqalardan ajratib turadigan o‘zaro muloqot va munosabatlarining tamoyillari hamda ongli ravishda eshitish natijasida maksimal natijalarga qay yo‘sinda erishish mumkinligi yuzasidan misollar ko‘rib chiqiladi. Qolaversa, Jon King, insonlarning boshqalarga nisbatan keng tarqalgan yanglish va xato fikrlari, hamda umumiy shaxsiy qadriyatlar va ularni suhbat chog‘ida yetkazish usullari to‘g‘risida hikoya qiladi.

Seminarning amaliy qismida, Jon King maslahat bergan yetakchi kompaniyalarning eng namunali keyslari batafsil tahlil qilinadi. Ularning orasida tijorat ko‘chmas mulk bo‘yicha dunyoda eng yirik agentlik — CBRE Group, Janubiy Kaliforniyaning ulkan elektr ta’minotchisi — Southern California Edison, “eng sara ish beruvchisi” deb tan olingan, yiliga 80 million dollarlik savdo aylanmasiga ega onlayn-riteyler — Zappos.com bor. Jon King, shu bilan birga, kouching-sessiyasini o‘tkazadi. Kouching-sessiya davomida, ma’ruzachi qo‘yilgan muammolarga o‘z fikrini bildiradi va aniq vazifalarni yechish yuzasidan takliflarni taqdim etadi.

“Hozirgi davrimizda texnologiyalar raqobatli ustunlikdek qayd etilmay qolyapti va biz, muvaffaqiyatli tashkilotni qurishda inson eng muhim omil ekanligi borasidagi fikrlarni tez-tez eshitmoqdamiz. Ammo ishga kelganda, kompaniyani yetakchilikka haqiqatda olib kelishi mumkin bo‘lgan bu kabi tashkiliy madaniyatni qanday qilib shakllantirish mumkinligini kamdan-kam kishi biladi. Biz ushbu bo‘shliqni to‘ldirmoqchimiz va biznes-auditoriyamizgacha mazkur sohadagi eng so‘nggi va eng samarali ishlanmalarni yetkazishni istaymiz. Shu orqali mahalliy tashkilotlardagi korporativ o‘zaro munosabatlar madaniyatini sifat jihatdan yangi darajaga olib chiqishga ko‘maklasha olamiz”, — deya sharh berdi seminar tashkilotchisi Be The Change Group kompaniyasi direktori Lev Gavrish.

Malakali biznes-konsultantning ziyrak rahbarligi ostida, seminar davomida qatnashchilar o‘z haqqoniy strategiyalari va xatti-harakatlarining rejasini ishlab chiqishlari, “og‘ir hamkorlar” bilan munosabatlar uchun amaliy vositalar bilan qurollanishlari, “ziyonli andozalar”dan holi bo‘lishlari mumkin bo‘ladi. O‘z shaxsiy va professional hayotini qiziqarliroq va yanada mazmunga boy qilish uchun kundalik ikir-chikir ishlardan chiqib ketishga bo‘lgan intilishning o‘sishi, hamda ko‘proq natijalarga erishish uchun qat’iyat — qo‘shimcha ta’sir kuchi bo‘lib xizmat qiladi.

Seminar mazkur yilning 15-mart kuni Wyndham Tashkent mehmonxonasida bo‘lib o‘tadi. Tadbir dasturida ishtirokchilarning o‘zaro muloqoti uchun tanaffuslar ko‘zda tutilgan. Barcha tinglovchilar ma’ruzada qatnashganliklari to‘g‘risidagi rasmiy sertifikat bilan taqdirlanadilar. Seminar to‘g‘risidagi va chiptalarni xarid qilish bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotni tadbir rasmiy saytidan www.change.uz va (+99890) 994-12-11, (+99890) 995-12-11 telefonlari orqali bilib olishingiz mumkin.

Ma’ruzachi haqida: Jon King

Rahbarlik mavzuiga oid masalalarda nufuzli ekspert Jon King Toshkentda seminar o‘tkazadi

Jon Pol King – rahbarlik va kouching masalalarida dunyoning eng yirik nufuzli mutaxassislaridan biri, The Coaching Revolution va Tribal Leadership bestsellerlarining hammuallifi. Jon Yevrosiyo (CELA), Janubi-Sharqiy Osiyo (SEALA) va Yaqin Sharqda (MELA) rahbarlar darajasini taraqqiy ettirish bo‘yicha SIBF (Xalqaro biznes-hamjamiyat) dasturlarining treneri.

U kouching, top-menejerlarga hamrohlik qilish, strategik rahbarlik, korporativ madaniyat bo‘yicha ta’lim dasturlarini taqdim etuvchi The Cultural Architecture xalqaro korporatsiyasi va institutining hamta’sischisi va bosh direktoridir. Jonga zamonamizning eng yorqin notiqlaridan biri sifatidagi talab katta va u butun dunyoda biznes rahbarlari va egalarining murabbiyi sifatida mashhur. 2000-yil American Society for Training & Development’ning Award of Excellence in Leadership Trainings mukofoti sohibi. Uning mijozlari – New York Times, Wall Street Journal va Forbes kabilarda ismlari doimiy ravishda uchrab turadigan keng jamoatchilik vakillari, davlat tuzilmasi va korporatsiyalari rahbarlari, mashhur biznesmenlar.

Jon Fortune-100 ro‘yxatidagi AQShning eng yirik kompaniyalari bilan hamkorlik qiladi. Ular qatorida Intel, American Express, Amgen, SEHA Southern California Edison, “Koinot chegaralari” jamg‘armasi va ko‘plab boshqa muassasalar bor. Jon King Marshall biznes-maktabi, American Express yetakchilar maktabi, Middle-East Leadership Academy, South-East Leadership Academy va boshqa shu kabi nufuzli o‘quv muassasalarida oliy darajali rahbarlar va jamoat arboblari uchun ochiq chiqishlar uyushtiradi.

Be The Change Group kompaniyasi to‘g‘risida

Kompaniyaga 2015-yil asos solingan. Asosiy ixtisosligi – o‘z sohasida yetakchi konsultantlar ishtirokida tor ixtisosli seminarlar, ma’ruza va treninglarni tashkil etish, mustaqil ta’lim va biznesni ilgari surish bo‘yicha turli dasturlarni ishlab chiqish. Kompaniya direktori – Lev Mixaylovich Gavrish – O‘zbek-Yapon markazining, turli faoliyat sohalarida biznesni boshqarish bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash uchun diplomdan keyingi ta’lim turi hisoblanuvchi — Professional menejment dasturi (RMR) bitiruvchisi. Ta’lim darajasini oshirish va xalqaro aloqalarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan xalqaro loyihalarni amalga oshirishda katta tajribaga ega.

Bugunga kelib kompaniya o‘z sohasida mashhur bo‘lgan ma’ruzachilar, jumladan, Igor Mann, Dmitriy Turusin, Nikolay Doroshchuk, Denis Kaplunov va Brayan Treysi kabilarning biznes-seminarlarini muvaffaqiyatli o‘tkazdi.

Reklama huquqi asosida. “Daryo” ushbu tadbirning axborot hamkori hisoblanadi

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн