Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Yurak hikoyalari-3. “Ura, men operatsiyaga boraman!”

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 738           Дата: 27-01-2016, 11:04          
“Rostini aytsam, avvaliga militsioner bo‘lmoqchi edim, lekin endi qat’iy qaror qabul qildim — shifokor bo‘laman”. Jonibek Choriyev 11 yoshda va shifokor bo‘lish qarorini yuragida o‘tkazilgan operatsiyadan so‘ng qabul qildi. Uning oilasi bu operatsiyani o‘n yil davomida kutdi. Jonibek o‘zining kasallik tarixini — Surxondaryoda tibbiy ko‘rikdan o‘tganida unga yurak qorinchalari pardasi nuqsoni (YuQPN) tashxisi qo‘yilgani, tez-tez shamollashi, nimjonligi va ochiq yurakda operatsiya o‘tkazish uchun kerak bo‘lgan maxsus moslama to‘g‘risida, hamma-hammasi haqida batafsil so‘zlab berdi.

Yurak hikoyalari-3. “Ura, men operatsiyaga boraman!”

Jonibekning oilasi to‘rt kishidan iborat — u, onasi va ikki opasi. Otasi uch yil oldin Rossiyaga ketgan, shundan beri undan hech qanday xat-xabar yo‘q. Onasi, Zuhra — uy bekasi, tasodifiy daromaddan kun ko‘radi. Yurak xastaligi bor bolalar uchun davlat nafaqa tayinlagan, lekin propiska bilan bog‘liq muammolar sabab, nafaqani rasmiylashtirishning hozircha iloji yo‘q. Jonibek tilga olgan maxsus moslama — oksigenator uning oilasi uchun juda qimmatlik qiladi.

Oksigenatorlar davlat tomonidan sotib olinadi, lekin yuragi operatsiyaga muhtoj bolalarning hammasiga ham mazkur moslamalarni yetkazib bo‘lmaydi. Har ming nafar chaqaloqning 6—8 nafarida tug‘ma yurak xastaliklari uchraydi, bu barcha tug‘ma xastaliklarning 30 foizini tashkil etadi. Yurak xastaliklari yangi tug‘ilgan va bir yoshgacha bo‘lgan bolalarning o‘limlari sabablari orasida birinchi o‘rinda turadi. Bir yoshga to‘lgandan so‘ng, bolalar o‘limi ehtimoli keskin kamayadi va 1 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lganlar orasida xastaliklardan nobud bo‘lgan bolalar soni 5 foizdan oshmaydi. Ushbu holat katta va jiddiy muammo ekanligi kundek ravshan.

Bolalar kardiojarrohlik markazi mudiri Doniyor Pirnazarovning so‘zlariga ko‘ra, yaqin qarindoshlar orasidagi nikoh, turli patogen faktorlar ta’siri (yuqumli kasalliklar, vitamin yetishmasligi, nazoratsiz va betartib dori iste’mol qilish, toksikoz), tamaki chekish va alkogol ichimliklarni iste’mol qilish sababli homila rivojlanishining buzilishi — tug‘ma yurak xastaliklarining asosiy omillari hisoblanadi.

Tug‘ma yurak xastaliklarini faqat jarrohlik yo‘li bilan davolash mumkin. Kardiojarrohlik yutuqlari sharofati bilan og‘ir xastaliklarni ham murakkab operatsiyalar yo‘li bilan davolash imkoni paydo bo‘ldi. Xususan, bolalar kardiojarrohlik markazi shifokorlari har oyda 60 ta operatsiya o‘tkazadi.

Operatsiyaga kerakli dori-darmon, materiallar, jumladan, oksigenator xarajatlarini ham ko‘taradigan kompaniya borligi Choriyevlar oilasi uchun yangi yil tuhfasi bo‘ldi. “Ura, men operatsiyaga boraman!”, — deya xursandchiligini yashira olmadi Jonibek. Toshkentga yetib kelishganidan so‘ng, kerakli pul mablag‘lari “Birgalikda hayotlarni qutqaramiz!” aksiyasi doirasida to‘planganini ularga aytib berishdi. 2015-yil noyabri davomida “Sochnaya Dolina” sharbatining sotilgan har bir qutisidan tushgan pulning muayyan bir qismi Toshkent pediatriya institutining klinikasi tomonidan ochilgan maxsus hisob-raqamiga o‘tkazildi.

Jonibek bilan operatsiyadan keyin uchrashdik va uning qilgan birinchi ishi menga tashakkur izhor etish bo‘ldi. Hayron bo‘lganimni ko‘rib, tushuntirdi: “Pulni meni tanimagan odamlar to‘plagan ekan, siz ham ular orasida bo‘lishingiz mumkin”.

Xayrlashuv paytida Jonibek kelajakda shifokor bo‘lib, “odamlarning yaxshiligiga yaxshilik bilan javob qaytarish uchun”, Surxondaryo bolalarini operatsiya qilib, davolashini aytdi.

Bu “Sochnaya Dolina” savdo markasi tomonidan tashkil etilgan “Birgalikda hayotlarni qutqaramiz!” aksiyasi doirasidagi o‘n beshta “yurak hikoyalari”ning uchinchisi va bu hikoyalarning davomi bor.

  • Yurak hikoyalari-2. “Endi men yashashni istayman…”

  • Yurak hikoyalari-1: “Men bor joyda doim quyosh charaqlaydi…”

Reklama huquqi asosida. Mahsulot sertifikatlangan

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн