Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Vicco brendi bolalar poyabzali uchun bir yillik kafolat beradi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 1 139           Дата: 27-01-2016, 10:20          
O‘zbekiston bozorida 2014-yildan beri faoliyat olib borayotgan Turkiyaning mashhur bolalar poyabzali brendi — Vicco original va yorqin oyoq kiyimlari bilan xaridorlar mehrini qozonib ulgurgan.

Vicco brendi bolalar poyabzali uchun bir yillik kafolat beradi

Vicco Uzbekistan do‘konlarida 1 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan bir necha yuz xildagi oyoq kiyimlarini topish mumkin, e’tiborli tomoni, ularning aksariyati maxsus ortopedik poyabzal bo‘lib, bu bolakaylarning sog‘lom rivojlanishiga, masalan, yassitovonlikning oldini olishga yordam beradi.

Vicco poyabzallarining aksariyati qo‘lda tikiladi va tayyor bo‘lganidan so‘ng, choklarining chidamliligi, ishlatilgan materialining mustahkamligini aniqlash uchun laboratoriya tekshiruvlaridan o‘tkaziladi. Vicco’ning barcha mahsulotlari ISO 9001:2008 standarti bo‘yicha sertifikatlashtirilgan.

Vicco brendi bolalar poyabzali uchun bir yillik kafolat beradi

Poyabzal bir necha tekshiruv bosqichidan o‘tadi va yaroqsiz mahsulotning savdoda paydo bo‘lishi ehtimoli amalda yo‘q. Vicco Uzbekistan esa yana bir — xaridor tekshiruvi bosqichini ham joriy etdi. Aynan shu bosqichdan so‘ng sifat bekamu-ko‘st ekani haqida istiholasiz fikr bildirsa bo‘ladi.

Poyabzalni xarid qilish vaqtida Vicco sizga chek biriktirilgan konvertni topshiradi — konvertda poyabzal sotib olingan sana va uning modelini tekshirish imkonini beruvchi xarid ID’si bo‘ladi. Bu konvert 12 oylik kafolatning huquqiy asosidir: mazkur muddat poyabzalni ikki mavsum davomida kiyish uchun yetarli.

Vicco brendi bolalar poyabzali uchun bir yillik kafolat beradi

Qanday holatlarda Vicco kafolat xizmatini ko‘rsatadi? Deylik, Vicco’dan oyoq kiyim xarid qilganingizdan so‘ng ma’lum vaqt o‘tib, poyabzal uchun ishlatilgan materialning ishdan chiqqani yoki o‘rniga o‘xshovsiz qotirilganini sezib qoldingiz — Vicco poyabzalni almashtirib beradi.

Agar poyabzal choklari so‘kilib ketsa, iplari uzilsa yoki choklari belgilanganidek to‘g‘ri emasligi aniqlansa, poyabzal juftlaridagi detallar uzunligi va kengligi bir-biridan farqli yoki qo‘njlarining uzunligi har xil bo‘lsa, tagcharmning choklari so‘kilib ketsa yoki poyabzalning tag qismi ustidan ajralib ketsa, choklari yo bog‘ichlari uzilib ketsa, bezakli detallari yo qotiruvchi qismlari ajralib ketsa, qoplovchi materiali yorilib ketsa — poyabzal almashtiriladi.

Vicco brendi bolalar poyabzali uchun bir yillik kafolat beradi

Umuman, tashqi kuzatuvda sezilarli har qanday nuqson poyabzalning almashtirilishi uchun sabab bo‘la oladi. Agar ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchining aybi bilan yuz bergan kamchilik/nuqson aniqlansa, Vicco poyabzalni narxiga mos boshqa juftiga almashtirib beradi yoki murojaat qilinganidan keyingi 20 kun ichida o‘z hisobidan sozlab beradi.

E’tiborli tomoni, mazkur aksiya Vicco’ning Turkiyadagi do‘konlaridan sotib olingan mahsulotlar uchun ham amal qiladi. Olib kelgan poyabzalingizda kamchilik borligini aniqlasangiz, uni O‘zbekistonda turib almashtirishingiz mumkin. Eng asosiysi, model va xaridorning ma’lumotlari qayd etilgan bo‘lishi va kafolat konverti beshikast saqlanishi lozim.

Biroq, yana bir qator holatlar borki, ular uchun kafolat xizmati ko‘rsatilmaydi. Masalan, farzandingiz yangi tuflida futbol o‘ynab, charmning yuqori qatlamini shilib qo‘ysa, mahsulot almashtirib berilmaydi. Vicco poyabzallardagi barcha bezakli detallar, toshchalar ishonchli mustahkamlangan, shu sababli ularning kuch ishlatilmasdan tushib ketgani tasdiqlanmasa, kafolat xizmati ko‘rsatiladigan holat sifatida tan olinmaydi.

Vicco brendi bolalar poyabzali uchun bir yillik kafolat beradi

Vicco’ning barcha poyabzallari yuqori sifatli materiallardan tayyorlanadi va ehtiyotkorlik bilan foydalanilsa, ular ishdan chiqmaydi. Agar poyabzalni uzoq vaqt suvda qoldirsangiz, elektr uskunalari yoki batareyalarda quritsangiz, qattiq shchyotkalar yordamida yuvsangiz, poyabzal yaroqsiz holga kelishi turgan gap. Bunday holatlarda ham xaridor Vicco tomonidan taqdim etilgan kafolat xizmatidan foydalana olmaydi.

Kafolat xizmati haqidagi to‘liq axborot bilan Vicco Uzbekistan’ning rasmiy saytida tanishish mumkin.

Vicco sizga faqat yoqimli xaridlar tilaydi va sifati uchun o‘zi to‘liq javobgar bo‘lgan mahsulotlarni baholashga taklif qiladi.

Vicco brendi bolalar poyabzali uchun bir yillik kafolat beradi

Murojaat uchun

  • Veb-sayt: www.vicco.uz
  • Telegram: @viccouzb
  • Telefon: (+998-71)-205-09-19

Reklama huquqi asosida

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031