Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Yurak hikoyalari-2. “Endi men yashashni istayman…”

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 905           Дата: 26-01-2016, 21:10          
Gulya qizalog‘i, u chalingan xastalik haqida gapirib berayapti, ko‘zlaridan esa yosh to‘kilib, asta-asta yuzidan oqib tushmoqda. “Qizim Shodiya yig‘lashimni eshitmasin va ko‘z yoshimni ko‘rmasin” deb, ona asta, ovoz chiqarmay yig‘lashga o‘rgangan.

Yurak hikoyalari-2. “Endi men yashashni istayman…”

Shodiya Oljabayeva fevralda uch yoshga to‘ladi. Gulya shuni aytib, “Xudo xohlasa”, deb qo‘shib qo‘yadi. Qizining kelajagi haqida gapirganda gapni doim “Xudo xohlasa” deb boshlaydi. Chaqaloq muddatidan avval, vazni atigi 1600 gramm bo‘lib tug‘ildi. Bir parcha baxt… Ustiga-ustak, qizaloqqa tug‘ruqxonadayoq Fallo tetradasi — “ko‘k xastalik” deb ataluvchi, o‘zida birdaniga to‘rt anomaliyani mujassam etgan yurak kasalligi tashxisi qo‘yildi. Mitti bir yurakda to‘rt anomaliya…

Har ming chaqaloqning 6—8 nafarida tug‘ma yurak xastaliklari uchrab turadi. Yangi tug‘ilgan va bir yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘limining sabablari orasida aynan shunday xastaliklar birinchi o‘rinda turadi. Xastalik qancha erta aniqlansa, uncha shu darajada vaqtli va muvaffaqiyatli davolashga umid saqlab qolinadi. Agar kasallik vaqtida operatsiya qilinsa, bola mutlaq sog‘lom ulg‘ayishiga imkoniyat tug‘iladi.

Hali uch yoshga to‘lmagan Shodiyaning yuragidagi sog‘lom yurakda bo‘lmaydigan teshik 4 mmdan 10 mmgacha kengayib ketdi. Oila farzandning hayoti uzilmasligi uchun zarur bo‘lgan jarrohlik amaliyotini qoldirishga majbur bo‘layotgandi — qizaloq tez-tez kasal bo‘lar, anemiya va vazni yengilligidan aziyat chekardi. Buning bari shunday tashxis qo‘yilgan bolalarga xos. Lekin, tibbiy taqiqlovlardan tashqari, bolani bir o‘zi boqayotgan ona o‘tolmaydigan to‘siq ham bor edi. Ochiq yurakda jarrohlik o‘tkazish uchun juda qimmat bo‘lgan oksigenator — sun’iy qon aylantirish apparatidan o‘tayotgan paytda qonni kislorod bilan ta’minlovchi moslama zarur. Poytaxtning Yunusobod mavzesida istiqomat qiladigan Gulya ko‘rinishidan o‘zi ham hali yosh bolaga o‘xshaydi, lekin aslida farzandini yolg‘iz o‘zi tarbiyalayotgan ona va yolg‘iz ayol. Onasi undan yuz o‘girgan, hatto nevarasini ham tan olmaydi va har qanday yordamdan bosh tortgan. Mushtipar onaga mahalla ham yordam bermagan, chunki uning propiskasi ham muammoli. Bo‘sh vaqtida parda tikib tirikchilik qiladi. Lekin og‘ir kasallikka chalingan qizaloqning onasida qancha ham bo‘sh vaqt bo‘lishi mumkin…

Yurak hikoyalari-2. “Endi men yashashni istayman…”

O‘zbekistonda bolalarni operatsiya qilish va davolash bepul, lekin hozircha davlat yurak operatsiyasiga muhtojlarning barchasini oksigenatorlar bilan ta’minlab berolmaydi. Shodiya Oljabayevaga omad kulib boqdi — unga “Sochnaya dolina” savdo markasi 2015-yilda o‘tkazgan “Birga hayotlarni qutqaramiz!” aksiyasidan tushgan pul mablag‘i hisobiga oksigenator olindi. Noyabr oyida sotilgan sharbatning har bir qutisidan tushgan pulning bir qismi og‘ir kasalikka chalingan bolalarning operatsiyalariga yo‘naltirildi. Aksiya doirasida 15 bolakayni operatsiya qilish uchun yetarli mablag‘ni yig‘ishga muvaffaq bo‘lindi. Pul shunday operatsiyalarni o‘tkazuvchi Toshkent pediatriya institutining klinikasi hisob-raqamiga o‘tkazildi. Shifokorlar o‘z bemorlarini ular tug‘ilgan yoki yurak xastaligi aniqlangan kundan beri taniydi, ularning oilaviy ahvolidan, ota-onalarinig imkoniyatlaridan ham boxabar, shu sababli ham aynan shifokorlar operatsiyaga o‘ta muhtoj bo‘lgan kam ta’minlangan oilalarning 15 nafar farzandini operatsiyaga tavsiya etdi.

Shodiyaning onasi Gulya yana oyna oldida yig‘lamoqda, lekin endi uning yuzida tabassum. Kardiojarroh Doniyor Pirnazarovning aytishicha to‘rt soatlik operatsiya muvaffaqiyatli o‘tdi va endi Shodiya sog‘ayib ketishiga shubha yo‘q.

“Bular baxt ko‘z yoshi, endi men yashashni istayman…”, — deydi u va: “Rahmat, rahmat, yordam berganlarning bariga rahmat!..”, — deb to‘xtamay shivirlaydi.

Bu “Birgalikda hayotlarni qutqaramiz!” aksiyasi doirasidagi o‘n beshta “yurak” hikoyalarinig ikkinchisi va bularning davomi bor.

  • Yurak hikoyalari. Birinchi hikoya: “Men bor joyda doim quyosh charaqlaydi…”

Reklama huquqi asosida. Mahsulot sertifikatlangan

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн