Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Afg‘onistonda Abu Rayhon Beruniyning qabri butunlay yo‘qolib ketish xavfi ostida turibdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 904           Дата: 26-01-2016, 13:10          
Qomusiy olim Abu Rayhon Beruniyning qabri Afg‘onistonda qarovsiz ahvolda yotibdi. Bu haqda, Bobur xalqaro jamoat fondi raisi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Zokirjon Mashrabovga asoslanib, “Ma’naviy hayot” jurnali ma’lum qildi.

Afg‘onistonda Abu Rayhon Beruniyning qabri butunlay yo‘qolib ketish xavfi ostida turibdi

Fond raisining so‘zlariga ko‘ra, Abu Rayhon Beruniyning qabri Afg‘onistonda qarovsiz yotibdi, yon-atrofdagi ekinzorga qo‘shilib ketish xavfi bor. “Tez fursat ichida uning atrofini ajratib, qabr ustiga sag‘ana va maqbara qurilmasa, qabr butunlay yo‘qolib ketishi mumkin”, — deydi Zokirjon Mashrabov.

Zokirjon Mashrabovning qo‘shimcha qilishicha, Afg‘onistonning Ishkashim manzilgohida Boborahim Mashrabning qabri xarobaga aylangan loysuvoq uy ichida qolgan, Mirzo Ulug‘bekning taniqli shogirdi Ali Qushchining Istanbuldagi qabrini ham obod qilish kerak, “chunki u yuzlab qabrlar ichida qisilib yotibdi”.

“Bu ishlarning barchasiga ulgurish va amalga oshirish uchun umrning har daqiqasini g‘animat bilib, olg‘a intilish, izlanish kerak. Chunki vaqt oltinga teng, bugungi kun ertaga tarixga aylanadi. Tarix sahifalariga arziydigan ishlarni qila olish Bobur xalqaro jamoat fondi va ilmiy ekspeditsiyasi a’zolarining doimiy maqsadidir”, — deydi Zokirjon Mashrabov.

Ma’lumot uchun, Abu Rayhon Beruniy 973-yil Xorazmning Kat shahrida (hozirgi Qoraqalpog‘iston Respublikasining Beruniy shahri) tug‘ilgan bo‘lib, XI asrning mashhur qomusiy olimlaridan biri hisoblanadi. Beruniyning 152 asari ma’lum bo‘lib, hozirgi davrgacha uning faqat 30 tasi yetib kelgan.

Jami asarlarining 70 tasi astronomiyaga, 20 tasi matematikaga, 12 tasi geografiya va geodeziyaga, 4 tasi mineralogiya, 1 tasi fizikaga, 1 tasi dorishunoslikka, 15 tasi tarix va etnografiyaga, 4 tasi falsafaga, 18 tasi adabiyotga bag‘ishlangan. U 50 yoshida sanskrit tilini o‘rgangan, bundan tashqari, fors, arab, yahudiy, grek tillarini ham bilardi.

Beruniy o‘zining “Hindlarning aqlga sig‘adigan va sig‘maydigan ta’limotlarini aniqlash” kitobida hozirgi Amerika qit’asining mavjudligini ispan va portugal dengiz sayyohlaridan bir necha asr avval ilmiy asoslab bergan.

  • Google’ning Beruniyga bag‘ishlangan dudli

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн