Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

26-yanvar kuni butun O‘zbekiston bo‘ylab yog‘ingarchilik kuzatiladi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 286           Дата: 25-01-2016, 14:00          
O‘zbekistonning barcha hududlarida 26-yanvar, seshanba kuni yog‘ingarchilik kuzatiladi. Bu haqda “O‘zgidromet” markazi xabar bermoqda.

26-yanvar kuni butun O‘zbekiston bo‘ylab yog‘ingarchilik kuzatiladi

Ma’lumot berishlaricha, 26-yanvar kunlari Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida va Toshkent shahrida yomg‘ir yog‘adi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatining ayrim joylarida, shuningdek, O‘zbekistonning tog‘li hududlarida yomg‘ir qorga aylanishi mumkin. Farg‘ona vodiysi viloyatlarida esa 26-yanvar kuni kechga tomon yomg‘ir yog‘adi.

26-yanvarga o‘tar kechasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida -3 darajagacha sovuq bo‘ladi. Toshkent shahrida +3…+5 daraja, Buxoro va Navoiy viloyatlarida +2…+7 daraja, qolgan hududlarda havo harorati +5 darajagacha iliq bo‘lishi kutilmoqda.

26-yanvar kuni kunduzi Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida +2 darajagacha, tog‘li hududlarda +5 darajagacha, Buxoro va Navoiy viloyatlarida +10 darajagacha, Toshkent shahrida +12 darajagacha, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida +15 darajagacha, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida +16 darajagacha iliq bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonning tog‘ oldi hududlarida 26—29-yanvar kunlari sel kelishi, tog‘li hududlarida esa 26—31-yanvar kunlari qor ko‘chishi xavfi bor.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн