Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Yurak hikoyalari: “Men bor joyda doim quyosh charaqlaydi…”

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 1 045           Дата: 22-01-2016, 09:57          
Uning ismi noyob, ko‘zlari quvnoq va, o‘z tili bilan aytganda, “yuragida kichkina teshikcha bor”. Qul Hoji Ahmad Yassaviy Jamoliddinov ismli charog‘on bolakay 14 yoshda. “Yurakdagi kichkina teshikcha” — bu yurak tug‘ma xastaligi, aniqrog‘i, 17 kunlik bolakayda aniqlangan yurak qorinchalarining pardalari nuqsoni.

Yurak hikoyalari: “Men bor joyda doim quyosh charaqlaydi…”

O‘zining tashxisi to‘g‘risida Hoji Ahmad hamma narsani biladi va menga yurak bo‘lmachasi, o‘ng va chap qorinchalari va ulardagi qon bosimi farqi to‘g‘risida zavq bilan so‘zlab berdi. Shunday tashxis bilan uchuvchi bo‘lmaslik xavfi borligini va jangovar xo‘rozlarini yetim qoldirishi mumkinligini ham biladi.

Aynan shunday dedi: “Kasalxonadaligimda mening dakanlarim xuddi yetimdek, yurakni tezroq tuzatish kerak”. U ishlamay qolgan narsalarni tuzatishni yoqtiradi, hatto barcha qo‘l siltab tashlagan narsalarni hayotga qaytarishni yaxshi ko‘radi. Faqat narsalarni emas. Ikki yil oldin sovg‘a qilingan xo‘rozlar — dakanlar kasal edi va Hoji Ahmad o‘z qo‘li bilan parrandalarning ko‘kragidan havoni shprits bilan tortib olib, davolab, oyoqqa turg‘azdi.

Uning tabiati xuddi dakanlarnikidek — jasur, lekin yuragi dilkash va u mumkin qadar zudlik bilan jarrohlik davolanishga muhtoj edi. Bolalar kardiologiyasida “qaytmaslik nuqtasi” nomli tushuncha mavjud. Bu degani — vaqt qo‘ldan boy berilgan va yurakni jarrohlik yo‘li bilan davolashga imkon yo‘q.

Bolalar kardiojarrohlik markazi rahbari Doniyor Pirnazarovninig aytishicha, yurak xastaligiga chalingan bolalarga jarrohlik usulini mumkin qadar erta, xastalikning shakli o‘zgarmaguncha qo‘llash zarur. Shunda bola ham o‘zini tezroq o‘nglab oladi, yurak ham me’yorida ishlaydi.

Hoji Ahmadning oilasida uch farzand bor, onasi — uy bekasi, oilani otasi boqadi, u ham bo‘lsa piloramada bir qo‘lini yo‘qotgan. Bir so‘z bilan aytganda, bolaga uchun zarur operatsiya oksigenator moslamasining narxi qimmatligi sabab qoldirilib kelinayotgan edi. Oksigenatorsiz ochiq yurakda jarrohlik amaliyatinin amalga oshirish mumkin emas. Bir oksigenatordan faqat bir marotaba foydalaniladi va ular ochiq yurakda o‘tkazilayotgan opertsiya davomida sun’iy qon aylantiruvchi qurilma nasoslari bilan birgalikda ishlatiladi.

O‘zbekistonda bolalarni davolash bepul, lekin oksigenatorlar hammaga ham yetmaydi. Uni sotib olishga esa hammaning ham qurbi yetavermasligi haqida gapirmasa ham bo‘ladi.

Yurak hikoyalari: “Men bor joyda doim quyosh charaqlaydi…”

2015-yil noyabrida “Sochnaya Dolina” savdo markasi “Birgalikda hayotlarni qutqaramiz” xayriya aksiyasini o‘tkazdi. 1—30-noyabr kunlari “Sochnaya Dolina” sharbatining sotilgan har qutisidan tushgan pulning muayyan bir qismi og‘ir xastalikka chalingan bolalarning operatsiyasiga o‘tkazildi. Aksiya davomida 15 nafar bolaga yetarli pul yig‘ildi. Pul mablg‘lari Toshkent pediatriya institutining klinikasi hisob-raqamiga o‘tkazildi. Bolalar kardiojarrohlik markazi shifokorlari o‘zlarining barcha bemorlarini biladi — ular orasidan butun respublika bo‘ylab kam ta’minlangan oilalardan yurak xastaligiga chalingan 15 bolakay tanlab olindi.

Hoji Ahmad bilan olib borgan suhbatmiz operatsiyadan olti kun o‘tib uyushtirildi, u tez-tez soatga qarab qo‘yar — uyga shoshilardi. “Bilasizmi, men bobomni juda sog‘indim, Andijongacha 6—7 soat yo‘l bosish kerak, dakanlarim ham meni sog‘ingan bo‘lsa kerak…”, — deb, ko‘kragidagi yangi bog‘lovni silab-silab qo‘yardi. Uning baxtiyor va, ayni vaqtda, yo‘l tashvishiga tushgan onasi: “Dovonda havo ochiq bo‘lsin-da”, — derdi. Unga g‘amxo‘lik bilan qarab, o‘g‘ilchasi: “Tashvishlanmang, ayajon, men bor joyda doim quyosh charaqlaydi”, — deb qo‘ydi.

Bu “Birgalikda hayotlarni qutqaramiz” aksiyasi doirasidagi o‘n besh “yurak hikoyalaridan” birinchisi va bu hikoyalarning davomi bor.

Reklama huquqi asosida

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн