Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Avtomobilning lipillaydigan stop-signali jarimaga sabab bo‘ladi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 479           Дата: 21-01-2016, 08:20          
O‘zbekistonlik haydovchilar orasida 2015-yilda avtomobilning orqa stop-signallarini tinmasdan lipillab, chaqnab turadigan qilish juda ommalashdi. Ommalashdimi, demak, bunday tyuningga talab, xohish bor. Shu bilan birga, ijtimoiy tarmoqlarda faol haydovchilarning aksariyati bu holatga salbiy munosabat bildirdi.

O‘rni kelganda ta’kidlash joiz, lipillagan chiroqlar shu qadar ommalashdiki, ularni yo‘nalish bo‘ylab harakatlanayotgan katta Mercedes avtobuslarida ham, militsiya xodimlarining Lacetti’larida ham uchratish mumkin. Afisha nashri 2015-yil noyabrida ushbu masalada alohida material ham tayyorlab, Dilshod aka ismli yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimidan intervyu ham olgandi.

“Nega lipillaydigan chiroqlarni o‘rnatishyapti? Chunki ba’zi birovlarning qiladigan boshqa ishi yo‘q! Old tomonga ham, orqa tomonga ham biror-bir lipillaydigan chiroqlarni o‘rnatish mumkin emas. Avtohavaskorlar esa o‘z mashinasi boshqalarnikidan ajralib turishi uchun har turli texnik yangiliklar bilan uni bezashga urinadi, biroq men bunda hech qanday yaxshi narsani ko‘rmayapman”, — degandi yo‘l nazoratchisi.

Internet-nashr savol bilan murojaat qilgan haydovchilardan biri esa, o‘z avtomobiliga bunday chiroqlarni o‘rnatishni istamasa-da, biroq o‘ziga shuni ravo ko‘rganlarni tanqid qilish noto‘g‘ri ekanligi, har kimda tanlov huquqi borligini eslatib o‘tgan.

“Shunday chiroqlarni o‘rnatganlarni tanqid qilishga urinayotganlar — shu kabi yangilikka pul sarflashni xohlamaydigan kishilardir. Biz raqiblarimizning ustunliklarini kamchilik sifatida baholab, ularni tanqid qilishga, o‘z navbatida, o‘zimizdagi kamchiliklarga e’tibor qaratmaslikka o‘rganib qolganmiz”, — degandi o‘shanda haydovchi Dilyora Bekboyeva.

Internetdagi ommabop sahifalarda, Facebook ijtimoiy tarmog‘ining “Voditeli Tashkenta”, “Voditeli Tashkenta (Drivers.uz)” sahifalarida o‘z avtomobiliga lipillaydigan chiroqlarni o‘rnatganlarni tanqid qiluvchilar juda ko‘plab topiladi.

Qarshisidan orqa stop-signallari lipillaydigan avtomobil chiqqanida, uni avtoregistratoriga yozib olib, so‘ng videoni ommaga e’lon qilar chog‘ida, birorta salbiy fikrni ilova qilish odat tusiga kirdi. Aksariyat foydalanuvchilar videolardagi avtomobil egalarini keskin, ba’zi o‘rinlarda haqoratlar bilan tanqid qilgan. “Haydovchilarning 90 foizi bunday chiroqlarga qarshi bo‘lsa kerak”, — deb yozadi foydalanuvchilardan biri. “Archa bayram!” — lipillaydigan chiroq tanqidchilari tomonidan qoldiriladigan odatiy kommentlardan.

Ba’zi foydalanuvchilarning fikricha, bu kabi videolarni Facebook’ga joylashtirib, haydovchilarni obro‘sizlantirish bilan, lipillaydigan stop-signallarning ommalashuvini to‘xtatib yoki tugatib bo‘lmaydi. “Hamma narsa insonning o‘ziga bog‘liq, bu kabi mayda-chuyda narsalarga e’tibor bermay ham yursa bo‘ladi”, — deydi bir foydalanuvchi. Boshqa bir foydalanuvchi esa chiroqlarning bunday lipillashi “ba’zi laqmalar”ni hushyorlikka chaqiradi va yo‘l-transport hodisalari oldini oladi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 127-moddasi (“Transport vositalarining tovush chiqaruvchi va yorituvchi qurilmalaridan foydalanish qoidalarini buzish”) 1-qismiga ko‘ra, transport vositalarining yorituvchi qurilmalarini o‘zgartirib o‘rnatish — eng kam ish haqining bir baravari (21 yanvar holatiga ko‘ra — 130 240 so‘m) miqdorida jarima solinishiga sabab bo‘ladi.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031