Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Dekabr oyida O‘zbekistondagi kitob do‘konlarida eng ko‘p sotilgan kitoblar reytingi e’lon qilindi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 1 593           Дата: 20-01-2016, 16:30          
“Yangi asr avlodi” nashriyoti marketologlari 2015-yil dekabr oyining kitobxonlar orasida eng ommalashgan kitoblar monitoringini taqdim etdi, deb xabar beradi “Xushnudbek.uz”.

Dekabr oyida O‘zbekistondagi kitob do‘konlarida eng ko‘p sotilgan kitoblar reytingi e’lon qilindi

Mazkur reyting “Yangi asr avlodi” nashriyoti tomonidan chop etilgan va respublika kitob do‘konlarida hamda tashkilotlar tomonidan eng ko‘p sotib olingan kitoblar asosida tuzilgan.

2015-yilning so‘nggi oyida eng ko‘p sotilgan kitob, bu “‘Kamolot’ kutubxonasi” ruknida chop etilgan jahon adabiyotining yirik namoyondasi Jonatan Svift qalamiga mansub “Gulliverning sayohatlari” asari bo‘ldi. O‘tgan oy davomida 2180 dona “Gulliverning sayohatlari” asari kitobxonlar javonidan o‘rin oldi.

Ikkinchi o‘rinda Astrid Lindgrenning “Mittivoy va Karlson” asari, uchinchi o‘rinda esa Daniyel Defoning “Robinzon Kruzoning hayoti va ajoyib sarguzashtlari” kitobi joy egalladi.

Dekabr oyida eng ko‘p sotilgan kitoblar:

1. Jonatan Svift. “Gulliverning sayohatlari” — 2180 dona;
2. Astrid Lindgren. “Mittivoy va Karlson” — 2150 dona;
3. Daniyel Defo. “Robinzon Kruzoning hayoti va ajoyib sarguzashtlari” — 2130 dona;
4. Antuan de Sent-Ekzyuperi. “Kichkina shahzoda” — 1930 dona;
5. Xudoyberdi To‘xtaboyev. “Peshonasiga televizor yopishgan bola” — 1783 dona;
6. Z.Zamonov, D.Zubatova. “Top-top-topishmoq” — 1500 dona;
7. Inglizcha-o‘zbekcha lug‘at — 1160 dona;
8. M.Hamidova. “Momomning sandig‘i” — 985 dona;
9. G‘afur G‘ulom. “Shum bola” — 982 dona;
10. “Kenja o‘g‘il va botir” — 855 dona;
11. Xudoyberdi To‘xtaboyev. “Qasoskorning oltin boshi” — 825 dona;
12. Xudoyberdi To‘xtaboyev. “Besh bolali yigitcha” — 663 dona;
13. Xudoyberdi To‘xtaboyev. “Shirin qovunlar mamlakati” — 597 dona;
14. Xudoyberdi To‘xtaboyev. “Sariq devni minib” — 556 dona;
15. Xudoyberdi To‘xtaboyev. “Jannati odamlar” — 555 dona;
16. Tohir Malik. “Shaytanatning jin ko‘chalari” — 553 dona;
17. Xudoyberdi To‘xtaboyev. “Mungli ko‘zlar” — 530 dona;
18. Chingiz Aytmatov. “Oq kema” — 525 dona;
19. Artur Konan Doyl. “Sherlok Xolms va doktor Vatsonning sarguzashtlari” — 500 dona;
20. O‘tkir Hoshimov. “Nur borki, soya bor” — 493 dona;
21. Janni Rodari. “Jelsomino yolg‘onchilar mamlakatida” — 477 dona;
22. Yulian Semyonov. “Bahorning 17 lahzasi” — 451 dona;
23. Chingiz Aytmatov. “Asrni qaritgan kun” 435 dona;
24. Ernest Xeminguey. “Chol va dengiz” — 430 dona.

Eslatib o‘tamiz, 2015-yil noyabr oyining eng xaridorbop kitoblarining 20 talik reytingida Paulo Koelyoning “Alkimyogar” asari birinchi bo‘lgandi.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031