Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Buxgalterlar endi maoshni oshirishni so‘ramaydi. Rostdan!

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 451           Дата: 20-01-2016, 07:55          
OnlineOffice buxgalterlik xizmatlarini taklif etadi.

Buxgalterlar endi maoshni oshirishni so‘ramaydi. Rostdan!

OnlineOffice — nima u?

OnlineOffice — masofadan turib buxgalterlik xizmatlarini ko‘rsatish kompaniyasi bo‘lib, Toshkent shahridagi kichik va katta biznes vakillariga o‘z xizmatlarini taklif qiladi. OnlineOffice bilan shartnoma imzolagan firma va korxonalar alohida buxgalterni ishga olishiga zarurat qolmaydi.

Nima, OnlineOffice xodimi mening firmamga buxgalter bo‘lib ishga kiradimi?

Yo‘q, qizig‘i ham, sizning firmangiz uchun yutuqli tomoni ham shunda. OnlineOffice xodimi sizning ofisingizda bir joyni egallab o‘tirmaydi, 1C hisob-kitob tizimining so‘nggi versiyasini sotib olishni so‘ramaydi va maoshini oshirishni talab qilmaydi. Siz bir xodim bilan emas, balki malakali mutaxassislarni birlashtirgan kompaniya bilan shartnoma imzolaysiz.

Firmam ishlari bilan har doim har xil odam shug‘ullanadimi?

OnlineOffice firmangiz uchun malakali to‘rt mutaxassis — bosh buxgalter, maoshlar masalasi bilan shug‘ullanuvchi xodim, shaxsiy biznes-yordamchi va yuristdan iborat jamoani biriktiradi. Bosh buxgalter, tushunarli holki, asosiy moliyaviy masalalar, hisobotlarni o‘z zimmasiga oladi. Maoshlar masalasi bilan shug‘ullanuvchi xodim mehnat daftarchalari, yangi xodimlar uchun plastik kartalar ochish va umuman maosh bilan bog‘liq barcha jarayonlar uchun javobgar. Shaxsiy biznes-yordamchi esa sizning o‘rningizga soliq va statistika organlariga boradi, kredit olish yoki tenderda qatnashish uchun zarur hujjatlarni to‘playdi va yana boshqa ko‘plab vazifalarni bajarib, biznesning asosiy ishlaridan chalg‘imasligingizga yordam beradi. Katta tajribaga ega yurist esa firmangiz imzolayotgan shartnomalar, hujjatlarning qonun hujjatlariga muvofiqligini tekshirib beradi.

Menga biriktirilgan jamoa hisobotlar topshirish vaqtida yoki boshqa muhim pallada ta’tiliga chiqib ketsa nima qilaman?

Xavotirga o‘rin yo‘q. Birinchidan, OnlineOffice tomonidan bir firmaga biriktirilgan mutaxassislar jamoasining barcha a’zolari bir vaqtda mehnat ta’tiliga chiqishi yoki boshqa sabab bilan mehnat faoliyatini davom ettira olmasligi — bo‘lishi deyarli mumkin bo‘lmagan hodisa. Mabodo, shunday holat yuz bergan taqdirda ham, firmangizga biriktirilgan jamoa a’zolarining o‘rnini OnlineOffice’ning boshqa xodimlari to‘ldiradi.

Firmamga biriktirilgan yangi jamoa hujjatlarda xatolikka yo‘l qo‘ysa nima qilaman?

OnlineOffice mutaxassislarining xatoga yo‘l qo‘yishi ehtimoli kam — kompaniyada kamida besh yillik ish stajiga ega bo‘lgan mutaxassislar ish olib boradi, ular bir vaqtning o‘zida turli sohalardagi har xil kompaniyalarga xizmat ko‘rsatgani tufayli, juda katta tajribaga ega va eng murakkab vaziyatlarda ham tez va professional qaror qabul qila oladi. Biroq, deylik, OnlineOffice xodimi tomonidan yo‘l qo‘yilgan xatolik sabab firmangiz nazorat qiluvchi organlar, masalan, soliq idorasi tomonidan jarimaga tortilsa, jarimani OnlineOffice to‘lab beradi.

Xizmat haqi qancha?

OnlineOffice saytidagi kalkulyator yordamida, firmangiz faoliyat sohasini (ishlab chiqarish, ulgurji savdo, umumiy ovqatlanish, aviakassa, chakana savdo, xizmat ko‘rsatish) tanlab, ko‘rsatilishi zarur bo‘lgan xizmatlar va ularning hajmini belgilab, bir oylik xizmat haqi necha so‘m bo‘lishini hisoblab olish mumkin.

Shartnoma tuzish uchun nima qilishim kerak?

OnlineOffice saytidan ariza berishingiz yoki sizga qo‘ng‘iroq qilishlarini so‘rashingiz mumkin. Istasangiz, (+998-99)-822-08-80 telefon raqami orqali OnlineOffice vakillari bilan bog‘lanishingiz mumkin. Firmangiz 2015-yilning to‘rtinchi choragida tashkil etilgan bo‘lsa va shu kunlarda OnlineOffice bilan shartnoma imzolasangiz, maxsus aksiya ishtirokchisiga aylanasiz: OnlineOffice 2016-yil uchun shartnoma imzolagan firmalarning 2015-yil bo‘yicha yakuniy hisobotlarini bepul tayyorlab beradi.

Reklama huquqi asosida

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн