Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Mudofaa vazirligining harbiy qismlarida harbiy xizmatchilar uchun davlat test sinovlari boshlandi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 1 090           Дата: 20-01-2016, 07:26          
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining harbiy qismlarida konstitutsiyaviy burchini o‘tayotgan va oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga kirishga imtiyozli yo‘llanma beruvchi harbiy qism qo‘mondonligining tavsiyanomasiga ega bo‘lish istagini bildirgan muddatli harbiy xizmatchilar uchun davlat test sinovlari boshlandi. Bu haqda “O‘zA” xabar beradi.

Mudofaa vazirligining harbiy qismlarida harbiy xizmatchilar uchun davlat test sinovlari boshlandi

Muddatli harbiy xizmatga test sinovlari asosida jismonan sog‘lom, ma’nan yetuk yigitlarni saralab olish joriy etildi. O‘zbekiston Prezidentining 2012-yil 31-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan fuqarolarga imtiyozlar tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bu borada muhim dasturilamal bo‘lmoqda.

Termiz garnizonining harbiy qismlaridan birida tashkil etilgan davlat test sinovi ham ochiq, oshkora va adolat tamoyillari asosida o‘tkazildi.

“Oliy o‘quv yurtlariga hujjat topshirish istagini bildirgan askarlar jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik, harbiy intizom bo‘yicha hamda test savollariga javob berishi belgilangan, – deydi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi vakili Husan Elmurodov. – Buning uchun harbiy qismda maxsus auditoriyalar tayyorlanib, Termiz davlat universiteti va umumta’lim maktablaridan tajribali nazoratchi hamda kuzatuvchilar jalb etildi”.

Viloyatdagi harbiy qismlarda muddatli harbiy xizmatchilarning bilimlarini baholab beruvchi davlat test sinovlari davom etmoqda.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031