Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Germaniyaning O‘zbekistondagi elchisiga shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning “Ochiq xat” kitobi sovg‘a qilindi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 1 173           Дата: 19-01-2016, 23:09          
Germaniyaning O‘zbekistondagi elchisi Naythart Hyofer-Vissing 18-yanvar kuni “Hilol-nashr” matbaa-nashriyotida mehmon bo‘lib, marhum shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning o‘g‘li Ismoil Muhammad Sodiq bilan uchrashdi. Bu haqda “Info.islom.uz” xabar bermoqda.

Germaniyaning O‘zbekistondagi elchisiga shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning “Ochiq xat” kitobi sovg‘a qilindi

Xabar berishlaricha, elchi Hyofer-Vissing 2015-yil mart oyida shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning vafot etgani munosabati bilan Ismoil Muhammad Sodiqqa yana bir bor ta’ziya izhor qilib, 2016-yilning xursandchilik va yaxshiliklar yili bo‘lishini tilagan.

Suhbat davomida Germaniya elchisi jahonni tashvishga solib turgan terrorizm muammosi, shuningdek, Yevropadagi, xususan Germaniyadagi qochoqlar masalasi haqida to‘xtalib o‘tgan va Islom dini mazkur muammolarni qanday muolaja qilishi mumkinligi borasida Ismoil Muhammad Sodiqqa savollar bilan murojaat qilgan. “Elchi janoblari savollarga berilgan javoblardan mamnun bo‘ldi”, — deyiladi “Info.islom.uz” xabarida.

Germaniyaning O‘zbekistondagi elchisiga shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning “Ochiq xat” kitobi sovg‘a qilindi

“Ismoil Muhammad Sodiq mehmonga shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining mazkur muammoga bevosita tegishli bo‘lgan “Ochiq xat” kitobining rus tilidagi nusxasini sovg‘a qilib, tashrif uchun minnatdorchilik bildirdi”, — deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf o‘limidan roppa-rosa bir oy avval Germaniyaning O‘zbekistondagi elchisi Naythart Hyofer-Vissing bilan uchrashgan edi.

O‘shanda shayx elchiga “Hilol-nashr”da chop etilgan kitoblardan bir qanchasini hadya qilish niyatini bildirganida, Hyofer-Vissing bu kitoblarni sotib olishini aytib, rus tilida chop etilgan bir qancha kitoblarni sotib olgan va, agar ma’qul topilsa, ba’zi kitoblarni nemis tiliga tarjima qilishni ham o‘ylab ko‘rishni ta’kidlagan edi.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031