Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Jahon banki vitse-prezidenti Siril Myuller O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovga minnatdorlik maktubi yo‘lladi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 484           Дата: 18-01-2016, 20:50          
2015-yil noyabr oyida O‘zbekistonga tashrif buyurgan Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari bo‘yicha vitse-prezidenti Siril Myuller O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovga minnatdorlik maktubi yo‘lladi. Bu haqda “O‘zA” xabar bermoqda.

Jahon banki vitse-prezidenti Siril Myuller O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovga minnatdorlik maktubi yo‘lladi

Maktubda, jumladan, shunday deyiladi:

“Siz bilan 2015-yilning noyabr oyida O‘zbekistonga tashrifim chog‘ida uchrashganim menga ulkan mamnuniyat bag‘ishladi. Shaxsan Sizga va O‘zbekiston hukumati vakillariga samimiy qabul hamda samarali muloqotlar uchun o‘zimning chuqur minnatdorligimni izhor etaman.

Sizning xususiy sektorni O‘zbekiston iqtisodiy taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishiga aylantirish borasidagi strategik konsepsiyangizni yuksak baholayman va qo‘llab-quvvatlayman. O‘zbekiston keyingi o‘n yillar davomida erishgan ulkan yutuqlar va o‘sish sur’atlarini saqlab qolishi va yanada rivojlantirishi uchun taraqqiyotning yangi usullarini topishi zarur degan fikrga to‘la qo‘shilaman. Davlat sektorini boshqarish samaradorligi va ochiqligi xalqaro standartlarga muvofiq olib borilayotgan O‘zbekistonda zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan, davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan xususiy sektor bunday o‘sishni ta’minlashda asosiy omil bo‘lmoqda.

Sizni ishontirib aytamanki, Jahon banki guruhi O‘zbekiston bilan hamkorlikni yuksak qadrlaydi va o‘zaro sherikligimizning navbatdagi konsepsiyasi doirasida mamlakatingiz iqtisodiy taraqqiyoti yanada yuksalishi yo‘lida hamkorlik qilishga doimo tayyor”.

Ma’lumot uchun, Jahon banki tomonidan tayyorlangan 2016—2020-yillarga mo‘ljallangan sheriklik strategiyasi doirasida O‘zbekistonda qiymati 4 milliard dollardan ziyod bo‘lgan 30 dan ortiq loyihani amalga oshirish ko‘zda tutilgan. Mazkur loyihalar elektr energetikasi, neft-gaz sanoati, transport, sog‘liqni saqlash, ta’lim, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, kommunal infratuzilma va boshqa sohalarni yanada rivojlantirishga qaratilgan.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн