Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

O‘zbekistonda aksiyadorlik jamiyatlari rahbarlarining 20 foizi lavozimiga loyiq emas deb topildi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 513           Дата: 18-01-2016, 00:34          

Avval xabar berilganidek, 15-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlisda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ma’ruza qildi.

O‘zbekistonda aksiyadorlik jamiyatlari rahbarlarining 20 foizi lavozimiga loyiq emas deb topildi

Prezident aksiyadorlik jamiyatlarida rahbarlar tarkibi attestatsiyadan o‘tkazilgani haqida aytib o‘tdi, deb yozadi O‘zA.

“Rahbar kadrlarning korporativ boshqaruvning zamonaviy usul va prinsiplari, menejment va marketing bo‘yicha bilimlarini baholash ushbu sinovning asosiy maqsadi qilib qo‘yildi, — dedi Islom Karimov. — Uning natijalariga ko‘ra, attestatsiya qilingan 721 nafar rahbar xodimning yarmi – 49 foizi attestatsiyadan o‘tgan bo‘lsa, ularning har uchinchisi attestatsiyadan shartli ravishda o‘tkazilgan, 20 foizi yoki har beshinchi rahbar esa egallab turgan lavozimiga loyiq emas, deb topilgan”.

Bo‘shab qolgan rahbarlik lavozimlariga puxta bilimga ega bo‘lgan, zamonaviy menejment va marketing usullarini amalda qo‘llay oladigan yosh mutaxassislar tayinlandi.

Shu borada Germaniyada joylashgan Yevropa menejment va texnologiyalar maktabining faol ishtirokida aksiyadorlik jamiyatlarining rahbar xodim va mutaxassislarini tizimli asosda tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil qilish, ularning zamonaviy korporativ boshqaruv usullarini egallashini ta’minlash maqsadida mamlakatimizda Korporativ boshqaruv ilmiy-ta’lim markazi tashkil etildi.

O‘tgan yili Germaniya va iqtisodiy jihatdan rivojlangan boshqa davlatlardagi yetakchi ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilarini keng jalb qilgan holda, mamlakatimiz aksiyadorlik jamiyatlari, banklar va yirik korxonalarning 160 nafardan ortiq rahbar xodimi korporativ boshqaruv sohasida malaka oshirdi, ularning yarmi Germaniya korxonalarida tajriba orttirdi.


Manba: daryo.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн