Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

O‘zbekiston 2020-yilgacha paxta yetishtirish hajmini 350 ming tonnaga kamaytiradi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 1 382           Дата: 18-01-2016, 00:34          

Avval xabar berilganidek, 15-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlisda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ma’ruza qildi.

O‘zbekiston 2020-yilgacha paxta yetishtirish hajmini 350 ming tonnaga kamaytiradi

Prezident ta’kidlashicha, 2020-yilgacha paxta xomashyosini yetishtirish va uni davlat tomonidan xarid qilish hajmini 3 million 350 ming tonnadan 3 million tonnaga bosqichma-bosqich qisqartirish rejalashtirilgan, deb yozadi O‘zA.

“Hisob-kitoblar shuni ko‘rsatmoqdaki, shunday hajmdagi yetishtiriladigan paxta hosili, bir tomondan, xomashyoni o‘zimizda chuqur qayta ishlashni inobatga oladigan bo‘lsak, avvalo, to‘qimachilik va yengil sanoatning ana shu xomashyoga bo‘lgan ehtiyojini nafaqat to‘la ta’minlaydi, balki O‘zbekistonning jahon bozoriga paxta tolasi va undan tayyorlanadigan mahsulotlar yetkazib beradigan mamlakat sifatidagi mustahkam mavqeini saqlab qolish imkonini ham beradi”, — dedi Islom Karimov.

Paxta yetishtirish hajmini 350 ming tonnaga qisqartirish hisobidan 170 ming 500 gektar sug‘oriladigan yer paxtadan bo‘shaydi. Bu jarayonda, albatta, avvalo mamlakat bo‘yicha paxta hosildorligi gektaridan o‘rtacha 26,1 sentnerni tashkil etib turgan bir paytda hosildorligi 12—15 sentnerdan oshmaydigan past bonitetli yerlarni paxtadan bo‘shatishga e’tibor qaratiladi. Asosan sho‘rlangan, shuningdek, paxta yetishtirishga yaroqsiz bo‘lgan tog‘oldi yerlariga g‘o‘za ekilmaydi.

Bunday qarorga kelishning yana bir sababini Prezident so‘nggi yillarda jahon bozorida paxta tolasining narxi va unga bo‘lgan talabning keskin pasayib ketishi bilan izohladi.

Paxtadan bo‘shagan ekin maydonlarida avvalo, sabzavot va kartoshka, shular qatorida ozuqa ekinlari, yog‘-moy olinadigan va boshqa o‘simliklar ekiladi, bog‘ va uzumzorlar barpo etiladi.


Manba: daryo.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн