Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

O‘tgan yili qariyb 43 mingta tadbirkorlik subyekti Yagona portal orqali ro‘yxatga olindi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 510           Дата: 18-01-2016, 00:34          

Avval xabar berganimizdek, 15-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlisda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ma’ruza qildi.

O‘tgan yili qariyb 43 mingta tadbirkorlik subyekti Yagona portal orqali ro‘yxatga olindi

Prezident ma’lum qilishicha, o‘tgan yilda tadbirkorlik subyektlarini tashkil qilishni soddalashtirish va ularning faoliyat yuritishini yengillashtirish bilan bog‘liq 40 dan ortiq me’yoriy-huquqiy hujjatga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi, deb yozadi O‘zA. Xususan, yangi tartib bo‘yicha, agar shaxs soliq yoki boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan bosh tortish bilan bog‘liq jinoyatni birinchi marta sodir etgan bo‘lsa va huquqbuzarlik aniqlanganidan so‘ng 30 kun ichida davlatga yetkazilgan zararni to‘liq qoplasa, unga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilmaydi va u javobgarlikka tortilmaydi.

Endi mikrofirmalar, kichik korxona va fermer xo‘jaliklari faoliyati to‘rt yilda bir marta, boshqa xo‘jalik subyektlari faoliyati esa uch yilda bir marta rejali tartibda tekshiriladi va bunday tekshiruvlar faqat Nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi qaroriga asosan amalga oshiriladi.

Bu borada moliyaviy-xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan rejali tekshiruvlarni amalga oshirish muddati 30 kalendar kunidan 10 kalendar kuniga qadar qisqartirildi. Shuni qayd etish kerakki, bu normalar xususiy bank va moliya institutlariga ham tegishlidir.

Hisobot yilida “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining qo‘ng‘iroqlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha yagona markazi va Bosh prokuraturaning “Ishonch telefoni” bazasida fuqarolarning murojaatlarini kechayu kunduz qabul qilish bo‘yicha yangi tizim joriy etildi.

Bu tizim davlat, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari tomonidan tadbirkorlik subyektlarining faoliyatiga asossiz aralashuvlar, tadbirkorlik faoliyatiga to‘sqinlik qilish va mulkdorlar huquqlarining buzilishi haqidagi ariza va shikoyatlarni qabul qiladi. Ana shu tizim joriy etilganidan buyon o‘tgan yarim yil davomida prokuratura organlariga 1 ming 500 dan ziyod tadbirkor murojaat qilgan. Eng muhimi, barcha murojaatlarning qariyb uchdan bir qismi tadbirkorlar foydasiga hal etilgan.

Davlat organlari va tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida o‘zaro munosabatlarning bevosita elektron shakllari joriy etilgani tufayli 2015-yilda 42 ming 800 ta tadbirkorlik subyekti Internet tarmog‘i orqali Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida ro‘yxatga olingan. Ular 260 turdagi interaktiv xizmatlardan foydalanish imkoniyatiga ega. 2013-2014-yillarda tadbirkorlar va fuqarolarga 102 mingdan ortiq xizmat ko‘rsatilgan bo‘lsa, 2015-yilda bu ko‘rsatkich 420 mingdan oshdi. Bugungi kunda soliq va statistika hisobotlari 100 foiz elektron shaklda Internet tarmog‘i orqali taqdim etilmoqda.

Shu yilning 1-yanvaridan boshlab mamlakatimizning barcha hududlarida tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili asosida Davlat xizmatlari ko‘rsatish yagona markazlari faoliyat boshladi.


Manba: daryo.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн