Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

17-yanvar kuni Farg‘ona vodiysida, Toshkent va Samarqand shaharlarida qor yog‘ishi mumkin

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 1 096           Дата: 16-01-2016, 12:51          
O‘zbekistonning bir qator hududlarida 17-yanvar, yakshanba kuni qor yog‘ishi mumkin. Bu haqda “O‘zgidromet” markazi axborot berdi.

17-yanvar kuni Farg‘ona vodiysida, Toshkent va Samarqand shaharlarida qor yog‘ishi mumkin

Foto: “Gazeta.uz” / Hamza Foziljonov

17-yanvar kuni faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarida, shuningdek, tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik bo‘lmaydi, qolgan barcha hududlarda yomg‘ir yoki qor yog‘ishi kutilmoqda.

Jumladan, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarining ba’zi joylarida yomg‘ir yog‘ishi mumkin, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari va Toshkent shahridagi yomg‘ir esa qorga aylanishi mumkin.

Toshkent shahrida 17-yanvarga o‘tar kechasi yog‘ingarchilik kuzatiladi, qorga aylanishi mumkin. 17-yanvar kuni kunduzi esa vaqti-vaqti bilan qisqa muddat davomida yomg‘ir va qor yog‘ishi mumkin.

17-yanvarga o‘tar kechasi faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati (-5 darajagacha sovuq), Farg‘ona vodiysi viloyatlari (-2 darajagacha sovuq) hamda tog‘li hududlarda (-3 darajagacha sovuq) havo harorati 0 darajadan past bo‘ladi. Qolgan hududlarda 0…+7 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.

17-yanvar kuni kunduzi Xorazm, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Toshkent shahrida havo harorati 0…+5 daraja iliq, Buxoro, Navoiy, Surxondaryo, Qashqadaryo, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida esa +10…+11 darajagacha iliq bo‘lishi taxmin qilinmoqda.

Manba: Daryo.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн