Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Galina Melnikova: “Abdumo‘minning tuzalib ketishiga umid bormi?”, degan savolimga shifokor: “Ellikka ellik”, deb javob bergandi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 562           Дата: 16-01-2016, 11:30          
O‘zbekiston televideniyesining taniqli suxandoni Galina Melnikova olamdan o‘tgani 1-yanvarda ma’lum bo‘lgan suxandon, O‘zbekiston xalq artisti Abdumo‘min O‘tbosarovning so‘nggi ish kuni tafsilotlari bilan o‘rtoqlashdi. Bu haqda “Bekajon” gazetasi xabar bermoqda.

Galina Melnikova: “Abdumo‘minning tuzalib ketishiga umid bormi?”, degan savolimga shifokor: “Ellikka ellik”, deb javob bergandi

“Men Abdumo‘minning o‘limidan xuddi o‘z o‘g‘lini yo‘qotgan ona singari iztirobdaman. 31-dekabrda televideniyega yozuvga borishimiz kerak edi. Kelishganimizdek, u mashinasida meni ham olib ketdi. Yo‘l-yo‘lakay odatdagidek suhbatlashib ketdik. Studiyada uning nafas olishi qiyinlashayotganini ko‘rib, hayron bo‘lib so‘raganimda: ‘Havo yetishmayapti’, — deb javob qaytardi”, — deydi Galina Melnikova.

“Uni darhol yo‘lakdagi divanga olib chiqdik. ‘Qayering og‘riyapti?’, — deb so‘rasam, yuragini ko‘rsatdi. Hamkasblarimiz hamshirani chaqirishdi, shundan so‘ng men o‘z matnimni yozdirish uchun studiyaga kirib ketdim. Chiqqanimda esa, chaqirilgan ‘Tez yordam’ mashinasi uni kasalxonaga olib ketgani haqidagi xabarni eshitdim. Ko‘nglim g‘ash bo‘lib, kasalxonaning telefon raqamini topib, qo‘ng‘iroq qildim”, — dedi taniqli suxandon.

“Bormoqchi ekanligimni aytganimda, shifokor Abdumo‘minga infarkt tashxisi qo‘yilgani, jonlantirish bo‘limida ekanligini aytib, kirish mumkin emasligini ta’kidladi. ‘Tuzalib ketishiga umid bormi?’, — degan savolimga shifokordan: ‘Ellikka ellik’, — degan javobni oldim”, — dedi Galina Melnikova.

Suxandonning so‘zlariga ko‘ra, shundan so‘ng u darhol Abdumo‘min O‘tbosarovning sahnadoshi va shogirdi Dildora Rustamovaga qo‘ng‘iroq qilib, u bilan ertasi kuni ertalabdan kasalxonaga borishni rejalashtirib qo‘ygan, biroq 1-yanvar kuni tongda Abdumo‘min O‘tbosarovning vafot etgani haqida xabar tarqalgan.

“Abdumo‘minni nihoyatda o‘qimishli, ziyoli, tom ma’noda haqiqiy inson, ishchan xodim sifatida hurmat qilardim. Taqdirida erta ketish yozilgan ekan. Ammo u erkak kishi bu dunyoga kelib, bajarishi kerak bo‘lgan ishlarni qilib ulgurdi: uy qurdi, ikki farzandini o‘stirib, voyaga yetkazdi va dala hovlisida chiroyli bog‘ yaratib ketdi”, — deya qo‘shimcha qildi taniqli suxandon Galina Melnikova.

Eslatib o‘tamiz, Abdumo‘min O‘tbosarovning hayotdan ko‘z yumgani 2016-yil 1-yanvarda ma’lum bo‘ldi. Uning o‘limiga yurak xuruji sabab bo‘lgan.

Manba: Daryo.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн