Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

2015-yilning yozida ikki qizni urib ketgan avtobus haydovchisiga amnistiya qo‘llanilib, ozod etildi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 851           Дата: 15-01-2016, 15:10          
2015-yilning yozida Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida sodir etilgan YTH oqibatida ikki qizning o‘limiga sabab bo‘lgan avtobus haydovchisi Hikmat Qodirov sudning qaroriga asosan qamoq jazosidan ozod etildi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar beradi.

2015-yilning yozida ikki qizni urib ketgan avtobus haydovchisiga amnistiya qo‘llanilib, ozod etildi

20-avgust kuni Qodirov boshqarayotgan Isuzu avtobusi reys avtobusini quvib o‘tishga urinib, yo‘lning ajratuvchi chizig‘ida turgan Madina Muratshina va Yelena Shishkalovani urib ketgan edi. Madina voqea joyida, Yelena esa shifoxonada vafot etganligi ma’lum qilingan edi.

Haydovchiga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-bandi bo‘yicha ayblov e’lon qilindi. Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudining yakuniy majlisi 8-yanvar kuni bo‘lib o‘tdi. Ayblanuvchi o‘z aybiga to‘liq iqror bo‘lib, jinoyatni ehtiyotsizlik oqibatida sodir etganligini ma’lum qildi.

Sudya Shermuhammad Saidov hukm chiqarish chog‘ida bir qator vaziyatni yumshatuvchi holatlar, jumladan, aybdorning aybiga iqrorligi va pushaymonligi, uning sudlanmaganligi, jinoyatni ehtiyotsizlik oqibatida sodir etganligi, shuningdek, oilasining yagona boquvchisi ekanligini hisobga oldi. Sud hukmiga ko‘ra, Hikmat Qodirov aybdor deb topildi va unga nisbatan besh yil muddatga ozodlikdan mahrum etish va uch yil davomida transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etish jazolari tayinlandi.

Shu bilan bir paytda, sud Senatning 3-dekabrdagi amnistiya haqidagi qarorining 2-bandiga (“Ehtiyotsizlik orqasida jinoyat sodir etgan shaxslar… ozod qilinsin”) asoslanib, ayblanuvchini qamoq jazosidan ozod etish haqida qaror qabul qildi.

“Biz, qizlarning qarindoshlari va yaqinlari, sud hukmidan hayratda qoldik. Ikki yosh qizning o‘limida aybdor bo‘lgan odam jazosiz qolmoqda. Ota-onalar bu hukmni adolatsiz deb hisoblaydi va uning ustidan shikoyat qiladi”, — deydi Yelenaning opasi Lyudmila.

Manba: Daryo.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн