Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

O‘zbekiston TIV: eski namunadagi pasportlarning xorijda amal qilishi to‘xtagan

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 559           Дата: 14-01-2016, 19:30          
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi eski namunadagi pasportga ega O‘zbekiston fuqarolari boshqa davlatlar hududida qanday yo‘l tutishi lozimligi haqidagi ko‘plab savollarga oydinlik kiritdi. Bu haqda vazirlikning Facebook’dagi sahifasida ma’lum qilingan.

O‘zbekiston TIV: eski namunadagi pasportlarning xorijda amal qilishi to‘xtagan

Unda, jumladan, shunday deyilgan:

“Ko‘p sonli murojaatlar sababli shuni xabar qilamizki, ‘O‘zbekiston Respublikasida pasport tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida’gi 2011-yil 5-yanvar PF-4262-sonli O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga binoan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi pasporti 2015-yil 31-dekabrga qadar haqiqiy edi va bu haqda xorijiy davlatlarga xabar qilingan edi.

Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasida doimiy ro‘yxatdan o‘tgan va O‘zbekiston Respublikasi nobiometrik fuqarolik pasporti bilan xorijiy davlat hududida vaqtincha bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari O‘zbekistonga qaytishlari uchun O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari yoki konsullik muassasalariga murojaat qilishlari va respublikaga qaytish sertifikatini olishlari kerak.

Xorijda doimiy yashash joyidan o‘rnatilgan tartibda ro‘yxatdan chiqqan va O‘zbekiston Respublikasi nobiometrik fuqarolik pasporti bo‘yicha doimiy konsullik ro‘yxatiga olingan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari pasportni biometrik pasportga almashtirishlari uchun O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari yoki konsullik muassasalariga murojaat qilishlari kerak”.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq 2016-yil 1 yanvardan boshlab O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga Rossiya Federatsiyasi hududidan chiqishi uchun faqat biometrik pasport asos bo‘lib xizmat qilishi haqida xabar berilgandi.

Manba: Daryo.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн