Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Islom Karimov Turkiya prezidenti va Germaniya kansleriga hamdardlik bildirdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 684           Дата: 14-01-2016, 09:20          
O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov 12-yanvar kuni Istanbul shahrida odamlar o‘limiga sabab bo‘lgan terakt munosabati bilan Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on va Germaniya kansleri Angela Merkelga hamdardlik bildirdi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Islom Karimov Turkiya prezidenti va Germaniya kansleriga hamdardlik bildirdi

Foto: O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati

“O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onga 12-yanvar kuni Istanbul shahrida insonlarning halok bo‘lishiga olib kelgan terrorchilik harakati munosabati bilan chuqur hamdardlik bildirib maktub yo‘lladi”, — deyiladi TIV axborotida.

“Shuningdek, Germaniyaning Federal kansleri Angela Merkel nomiga yo‘llangan maktubda davlatimiz rahbari Istanbuldagi terrorchilik hujumi oqibatida halok bo‘lgan Germaniya fuqarolarining oila a’zolari va yaqinlariga samimiy hamdardlik tuyg‘ularini yetkazishni so‘radi”, — deya qo‘shimcha qilingan TIV axborotida.

Avvalroq, O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Istanbuldagi terakt natijasida halok bo‘lganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘qligi haqida axborot bergandi.

Eslatib o‘tamiz, 12-yanvar kuni Istanbul markazidagi Sultonahmet maydoni hududida sodir bo‘lgan kuchli portlashda o‘n kishi halok bo‘lgan, 15 kishi yaralangan. Ulardan aksariyati Germaniya fuqarolari ekanligi qayd etib o‘tilgandi.

Manba: Daryo.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031