Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Go‘zal O‘tbosarova: Abdumo‘min akani tongda ishga kuzatganimcha, qaytib ko‘rmadim

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 567           Дата: 10-01-2016, 15:20          
O‘zbekiston xalq artisti, oliy toifali suxandon Abdumo‘min O‘tbosarovning rafiqasi Go‘zal O‘tbosarova turmush o‘rtog‘ining so‘nggi kunini yodga oldi. Bu haqda “Darakchi.uz” xabar bermoqda.

Go‘zal O‘tbosarova: Abdumo‘min akani tongda ishga kuzatganimcha, qaytib ko‘rmadim

“31-dekabr tongida ‘Bayram dasturini yozishimiz kerak. Ishimni tugatib qaytaman va bayram dasturxoni atrofida Yangi yilni jamul-jam bo‘lib kutamiz’, deb ishga ketgandilar”, — deydi Go‘zal opa ko‘ziga yosh olib.

“Sog‘lig‘idan doim xabardor edim, sira yuragi bezovta qilganini aytmagan. Shunday bo‘lganida ham albatta, bu haqda bilgan va darhol chorasini ko‘rgan bo‘lardim. Chunki biror muammo yuz bersa, birinchi bo‘lib menga aytar, men bilan maslahatlashardilar. Oramizda sir yo‘q edi. O‘sha kuni tongda ishga kuzatganimcha, u kishini qaytib ko‘rmadim… O‘sha kuni televideniyedan qo‘ng‘iroq qilib, ‘Abdumo‘min akani tobi qochib qolgani bois statsionarga olib ketishdi. Lekin siz xavotir olmang, ahvoli og‘ir emas’, deyishdi. Statsionarga yetib borsam, u yer qabul qilmagani uchun Toshkent tibbiyot akademiyasining reanimatsiya bo‘limiga yotqizishgan ekan. O‘sha yerda jon berdilarmi yo avvalroqmi buni bilolmadim…”, — deydi suxandonning rafiqasi.

Eslatib o‘tamiz, Abdumo‘min O‘tbosarovning hayotdan ko‘z yumgani 2016-yil 1-yanvarda ma’lum bo‘ldi. Uning o‘limiga yurak xuruji sabab bo‘lgan.

Manba: Daryo.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн