Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Yangi yil arafasida bojxonachilar uchun bunyod etilgan yangi xizmat uylari foydalanishga topshirildi

Автор: admin Комментариев: 0            Просмотров: 1 012           Дата: 30-12-2015, 17:14          

Yangi yil arafasida Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “Yangiyo‘l” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postining, Qoraqalpog‘iston Respublikasida esa “Daut ota” chegara-bojxona postining yangi binolari, shuningdek “Daut ota” postida xizmat qilayotgan bojxonachilarning oilalari uchun ushbu hududda bunyod etilgan yangi xizmat uyining tantanali ochilish marosimlari bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot  xizmati

Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxonachilari uchun foydalanishga topshirilgan yangi xizmat uyi ikki qavat va 32 xonadondan iboratdir. Bu yerda 7,2 milliard so‘mlik qurilish-montaj va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot  xizmati

Toshkent viloyati Chinoz tumanida joylashgan “Yangiyo‘l” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti yangi zamonaviy binosining foydalanishga topshirilishi munosabati bilan tashkil etilgan tantanali tadbirda Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi rahbariyati, shaxsiy tarkibi, keng jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari vakilllari ishtirok etdi.

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot  xizmati

“Yangiyo‘l” TIF bojxona postida bojxonachilarning samarali xizmat ko‘rsatishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Bu yerda bojxona rasmiylashtiruvi va bojxona ko‘rigini amalga oshiruvchi xodimlar uchun shinam xonalar, zamonaviy mebel jihozlari, eng so‘nggi rusumdagi axborot texnologiyalari bojxonachilar tomonidan tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga yuksak darajada bojxona xizmati ko‘rsatilishini ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi.

Bojxona postida tadbirkorlar uchun eksport va import operatsiyalarini amalga oshirishda “Bir darcha” mexanizmi yo‘lga qo‘yilgan. Post tomonidan joriy yilning o‘tgan 9 oyi mobaynida 5 mingdan ortiq bojxona yuk deklaratsiyasi elektron shaklda rasmiylashtirilib, davlat budjetiga undirilgan to‘lovlar o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 9 foizga oshishiga erishildi.

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot  xizmati

“Yangiyo‘l” TIF bojxona postining yangi binosida faoliyat ko‘rsatyotgan sakkizta bojxona brokerlik firmasi uchun ham barcha shart-sharoitlar muhayyo qilingan. Bu yerda 30 ga yaqin tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga tegishli yuklarning temiryo‘l va avtotransport vositalari orqali import va eksportga rasmiylashtiruvi amalga oshiriladi.


Manba: daryo.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн