Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Bringo — taom buyurtma qilish va yetkazib berish onlayn xizmati

Автор: admin Комментариев: 0            Просмотров: 987           Дата: 30-12-2015, 12:34          

Bringo xizmati Toshkent shahridagi kafe va restoranlardan taomlarni tezkorlik bilan yetkazib berish imkoniyatini beradi!

Bringo kompaniyasi barchangizni yaqinlashib kelayotgan 2016-yil bilan tabriklaydi. Omad sizning doimiy hamrohingizga aylansin, hayot quvonchlari esa chegara bilmasin! Yangi yilni yaqinlaringiz bag‘rida, bayramona stol atrofida kutib olishingizni tilab qolamiz.

Foto: Bringo

Toshkentda ofis yoki xonadonga taom yetkazib berish xizmatlari kundan-kunga ommalashib bormoqda. Biroq aksariyat hamyurtlarimiz yetkazib beriladigan taomlarni qayerdan buyurtma qilish mumkinligini har doim ham bilaverishmaydi. Endi bir tasavvur qilib ko‘ring — saytga kirib yoki birgina qo‘ng‘iroq yordamida qiyinchiliksiz taomlarni tanlab, ularni ofisga, mehmonlarni kutib olish uchun uyga yoki shunchaki o‘zingiz va oilangiz uchun buyurtma qilish imkoni paydo bo‘lsa. Shuningdek, buyurtma qilgan taomingiz aytilgan vaqtda, belgilangan joyga sifatli yetkazib berilsa. Siz ushbu oson bo‘lmagan vazifani bajarishni Bringo xizmatiga to‘liq ishonib topshirishingiz mumkin!

Bringo — buyurtmalar va yetkazib berish xizmati bo‘lib, uning yordamida real vaqt rejimida Toshkentning ommabop kafe va restoranlaridan mazali, issiqqina va ishtaha ochar taomlar yetkazib berishni buyurtma qilishingiz mumkin.

Ushbu servis eng nozikta’b xo‘randalarga-da ma’qul keladigan taomlarni topish imkonini beradi. Hozirgi vaqtda milliy, uyg‘ur, yevropa, italyan va yapon taomlariga talab ayniqsa yuqori. O‘z faoliyatini boshlaganiga hali ko‘p vaqt bo‘lmasa-da, Bringo Toshkent shahridagi Anor+, Bog‘i Chinor, “OshMakon & ManTi”, Yapona Mama, Tandirbek kafelari, American Pizza pitsseriyasi, Oqtepa lavash ovqatlanish tarmog‘i kabi 30 dan ortiq kafe va restoranlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan.

Hozirda Bringo xizmati menyusida 700 xildan ortiq nomdagi taomlar, qandolat mahsulotlari, ichimliklar va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari bor. Ayni damda servis o‘z ish ko‘lamini doimiy ravishda rivojlantirmoqda, hamkorlar va taklif qilinayotgan taomlar ro‘yxati esa muntazam ravishda ortib bormoqda. Sizga qulaylik yaratish maqsadida Bringo xizmati haftasiga yetti kun ishlaydi.

Foto: Bringo

Taomlarga buyurtma berish jarayoni juda oddiy. Siz www.bringo.uz sayti orqali yoki 150-7277 telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilib buyurtmani rasmiylashtirishingiz mumkin. Buyurtma berish uchun saytda ro‘yxatdan o‘tishingiz shart emas. Buyurtma qabul qilinganidan so‘ng, sizga bu haqda SMS-bildirishnoma yuboriladi. Ko‘rsatilgan manzilga, buyurtma qabul qilinganidan so‘ng, taom bir soat davomida yoki siz aytgan vaqtda yetkazib beriladi. Buyurtma va yetkazib berish haqini taomni qabul qilib olish vaqtida to‘lashingiz mumkin. Narxlar kafe va restoranlardagi narxlar bilan bir xil. Taom qiymati ustiga Bringo xizmati narx qo‘ymaydi. Qo‘shimcha ravishda faqat yetkazib berish haqi to‘lanadi.

Bringo xizmatini tanlar ekansiz, quyidagi ustunliklarga ega bo‘lasiz:

  • Taomlar suratining saytda namoyishi kafe va restoranlar menyusi bilan oldindan tanishish imkonini beradi.
  • Yetkazib berish xizmati haqi buyurtma rasmiylashtirishdan avval aniq belgilanadi.
  • Kuryerlik tarmog‘i buyurtmani Sizga o‘z vaqtida yetkazib berish imkonini yaratadi.
  • Buyurtma issiqlik saqlaydigan maxsus termosumkalarda yetkaziladi.
  • Buyurtma bergan taomingizning butunligini ta’minlash maqsadida, kafolat stikerlaridan foydalaniladi.

Bizning maqsadimiz — sifatli taomlarni maromida va qulay tarzda yetkazib berish orqali iste’molchilar turmush tarzini yengillashtirishdir.

Toshkent shahridagi yuqoridagi qadriyatlarga sodiq kafe va restoranlar Bringo kompaniyasi hamkoriga aylanishi va o‘z buyurtmalarining yetkazib berilishini bizga ishonib topshirishlari mumkin. Bringo hamkorlikka doim tayyor va manfaatdor ovqatlanish muassasalariga o‘zaro foydali shartlarni taklif qiladi. Hamkorlik qilish davomida haqiqiy buyurtmalar soni oshishiga, mijozlar soni ko‘payishiga erishish, muassasangiz uchun marketing ko‘magi va batafsil tahliliy ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.

Tanlang va buyurtma qiling. Qolgani haqida Bringo qayg‘ursin.

Sayt: www.bringo.uz
Yetkazib berish xizmati telefon raqami: 150-7277
Kafelar, restoranlar va hamkorlar uchun: 150-7727

Reklama huquqi asosida. Xizmatlar litsenziyalangan


Manba: daryo.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн