Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

O‘zbekistonda jamoat joylarida chekkanlik uchun jarimalar kiritildi

Автор: admin Комментариев: 0            Просмотров: 393           Дата: 30-12-2015, 12:34          

O‘zbekistonda birinchi marta jamoat joylarida chekkanlik uchun jarimalar joriy qilindi, deb yozadi “Gazeta.uz”. Ma’muriy javobgarlik kodeksiga tuzatishlar kiritish haqidagi qaror 29-dekabr kuni Prezident Islom Karimov tomonidan imzolandi. Ular 30-dekabr kuni kuchga kirdi.

Foto: “Osoboebludo.com”

Ma’muriy javobgarlik kodeksining yangi 56-1-moddasiga ko‘ra, ish joylari, sog‘liqni saqlash, ta’lim va sport-sog‘lomlashtirish muassasalari, yong‘in xavfi bo‘lgan joylar, jumladan, avtomobilga yoqilg‘i quyish shoxobchalari va boshqa jamoatchilik joylarida tamaki mahsulotlarini iste’mol qilish eng kam oylik ish haqining 1/3 qismi hajmidagi jarima bilan jazolanadi.

Bunday joylarda tamaki mahsulotini iste’mol qilishga maxsus ajratilgan maydonlar va bu uchun mo‘ljallangan xonalarda ruxsat beriladi.

Nashr eslatishicha, tamaki mahsuloti deganda, qonunchilikka ko‘ra, tamaki yoki uning o‘rnini bosuvchi modda (jumladan nosvoy)dan tayyorlangan har qanday mahsulot tushuniladi.

Tamaki mahsulotlarini mahalliy va uzoqqa qatnaydigan poyezdlar, kemalar, shahar atrofiga qatnaydigan poyezdlar, shahar ichida va shahar atrofiga qatnaydigan, shaharlararo va xalqaro qatnovdagi avtobuslarda, shuningdek, taksi, yo‘nalishli taksi va shahar elektr transportida iste’mol qilganlik uchun jarima eng kam oylik ish haqining 1/20 qismidan 1/3 qismigacha oshirildi. Tamaki mahsulotlarini havo kemalarida iste’mol qilish avvalgidek eng kam oylik ish haqining 2 barobaridagi jarima bilan jazolanadi.


Manba: daryo.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн