Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Favqulodda vaziyatlar vazirligi Qamchiq dovonida o‘quv mashg‘uloti o‘tkazdi (foto)

Автор: admin Комментариев: 0            Просмотров: 1 045           Дата: 26-12-2015, 12:04          

Favqulodda vaziyatlar vazirligi 19—20-dekabr kunlari Qamchiq dovonida bo‘lib o‘tdi. Unda Namangan va Toshkent viloyatlari Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish Davlat quyi tizimi (FVDqT)ga kiruvchi xizmatlar boshqaruv organlari hamda kuch va vositalari jalb etildi. Bu haqda O‘zbekiston FVV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: O‘zbekiston FVV matbuot xizmati

O‘quv mashqi (FVDqT)ga kiruvchi boshqaruv organli va kuchlarini “Favqulodda vaziyatlar” rejimiga o‘tkazish hamda avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmas ishlarni olib borishni o‘z ichiga olgan bir necha bosqichlarda o‘tkazildi.

Foto: O‘zbekiston FVV matbuot xizmati

Shuningdek, o‘quv mashqi doirasida bir qator o‘quv nuqtalarida maxsus-taktik mashqlari o‘tkazildi. Ularda qidiruv-qutqaruv, vayronalar ostidan va yo‘l-transport hodisasiga uchragan avtomobillardan jabrlanganlarni chiqarish, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilish ishlari amalda sinab ko‘rildi.

Foto: O‘zbekiston FVV matbuot xizmati

Umuman olganda dovonda, ayniqsa qishki mavsumda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan turli favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish masalari ko‘rib chiqildi.

Foto: O‘zbekiston FVV matbuot xizmati

Bunda asosan, dovon bo‘ylab tashkil etilgan nazorat-kuzatuv postlarining hamkorlikdagi harakatlariga alohida e’tibor qaratildi. Bu kabi tezkor tadbirlarni bajarishda eng zamonaviy avariya-qutqaruv maxsus texnikalar, asbob-anjomlar va malakali qutqaruvchilar jalb etildi.

Foto: O‘zbekiston FVV matbuot xizmati

Ikki kun davomida o‘tkazilgan o‘quv mashqining yakuniy muhokamasi dovonda barpo etilgan idoralararo tezkor shtab binosida bo‘lib o‘tdi. Unda kuzatuvchi va ekspertlar fikrlari tinglanib, tegishli xulosalar chiqarildi.

Foto: O‘zbekiston FVV matbuot xizmati

Yakuniy qismda o‘quv mashqi rahbariyati tomonidan mazkur tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazishda alohida jonbozlik ko‘rsatgan xodimlar rag‘batlantirildi.


Manba: daryo.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн