Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Dushanbeda O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tdi

Автор: admin Комментариев: 0            Просмотров: 585           Дата: 25-12-2015, 17:54          

Dushanbe shahrida 24—25-dekabr kunlari O‘zbekiston va Tojikiston Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: “MFA.tj”

Xabar berishlaricha, tashqi ishlar vazirlari o‘rinbosarlari boshchiligidagi ikki davlat delegatsiyalari o‘zaro munosabatlarning holati va rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama qildi hamda dolzarb mintaqaviy va xalqaro muammolar yuzasidan fikr almashdi.

Muzokaralar davomida savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikni mustahkamlash hamda mavjud shartnomaviy-huquqiy negizni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Muloqot chog‘ida ikki tomon savdo aylanmasidagi tovarlar va xizmatlar nomenklaturasini diversifikatsiya qilish uchun mavjud salohiyatni amalga oshirishdan o‘zaro manfaatdorlik ta’kidlandi.

Qayd etilganidek, 2015-yil 22—23-iyun kunlari bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyaning uchinchi majlisi hamkorlikning eng dolzarb yo‘nalishlariga e’tiborni qaratish imkonini berdi.

Tomonlar madaniy-gumanitar, ilm-fan va sport sohalaridagi aloqalarni yanada rivojlantirishga tayyor ekanligini bildirdi.

Shuningdek, ShHT va MDHni yanada rivojlantirish istiqbollari, jumladan mazkur tashkilotlar doirasida ikki davlat hamkorligi masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Tojikiston tomoni ShHT salohiyatini mustahkamlashga qaratilgan O‘zbekiston sa’y-harakatini yuqori baholadi. O‘zbekiston tomoni Tojikistonga mazkur tashkilotdagi O‘zbekistonning raisligini qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorchilik izhor etdi.

Uchrashuvda mavjud muammolarni aniqlash va ularni konstruktiv tarzda birgalikda hal qilish yo‘llarini izlash imkonini yaratuvchi muntazam siyosiy maslahatlashuvlar o‘tkazish muhimligi ta’kidlandi.


Manba: daryo.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн