Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

“YeI – Markaziy Osiyo” vazirlar darajasidagi 2016-yilgi uchrashuv Bryusselda bo‘lib o‘tadi

Автор: admin Комментариев: 0            Просмотров: 655           Дата: 24-12-2015, 13:31          

Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston Respublikalari Tashqi ishlar vazirlari, Tojikiston va Turkmaniston Respublikalari Tashqi ishlar vazirlari o‘rinbosarlari hamda Yevropa Ittifoqining Oliy vakili va Yevropa Komissiyasi vitse-prezidenti 21-dekabr kuni Qozog‘iston Respublikasi poytaxti Ostonada “YeI – Markaziy Osiyo vazirlar darajasidagi 2015-yilgi uchrashuvi”ni o‘tkazdi. Bu haqda Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi Delegatsiyasi Siyosat, matbuot va axborot bo‘limi “Daryo”ga xabar berdi.

Foto: YeIning O‘zbekistondagi Delegatsiyasi Siyosat, matbuot va axborot bo‘limi

Uchrashuv qatnashchilari bir qancha o‘zaro mushtarak masalalalar, jumladan YeI bilan Markaziy Osiyo o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirish, barcha tomonlar uchun birdek muhim bo‘lgan mintaqaviy va xalqaro masalalar hamda umumiy xatarlar va muammolarga qarshi kurashish masalalarini muhokama etdi. Xavfsizlik borasidagi muhokamalar Xavfsizlik bo‘yicha yuqori darajadagi muloqot doirasida ikki tomonlama holda davom ettiriladi.

Ishtirokchilar YeIning Markaziy Osiyo Strategiyasining yaqinda bo‘lib o‘tgan tahlilini muhokama etdi. Tashqi ishlar vazirlari Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan hamkorlikni rivojlantirishda sodiq qolishi va 2014—2020-yillar davomida Markaziy Osiyoda amalga oshiriladigan dasturlarni moliyalash 1 milliard yevrodan oshirilganini olqishladi. Uchrashuv ishtirokchilari YeIning mintaqaga har tomonlama yondashuvi muhim ekanini e’tirof etdi. Mazkur yondashuv nafaqat ko‘p tomonlama moliyaviy ko‘maklar, balki YeIga a’zo davlatlar tomonidan alohida beriladigan ko‘maklar va Yevropa moliyaviy tashkilotlari bilan yaqindan hamkorlik qilishni o‘z ichiga oladi.

Foto: YeIning O‘zbekistondagi Delegatsiyasi Siyosat, matbuot va axborot bo‘limi

Ishtirokchilar Yevropa Ittifoqi bilan Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi savdo va sarmoyaviy aloqalarning mustahkamlanib borayotganini olqishladi hamda o‘zaro manfaatli iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish ehtiyoji mavjudligini e’tirof etdi. Ular Markaziy Osiyoning yanada barqaror iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash uchun mintaqada jozibali sarmoya muhitini yaratish va bunda qonunlarning shaffofligini ta’minlash muhim o‘rin tutishini ta’kidladi.

Uchrashuv qatnashchilari Ostona shahrida o‘tgan Vazirlar darajasidagi uchrashuvga mezbonlik qilgani uchun Qozog‘iston Respublikasiga minnatdorlik bildirdi va 2016-yili Bryusselda uchrashishga kelishib oldi.


Manba: daryo.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн