Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Namanganda yashovchi 118 yoshli Sa’diyaxon Inomova dunyoning eng keksa ayollaridan biri hisoblanadi

Автор: admin Комментариев: 0            Просмотров: 341           Дата: 21-12-2015, 12:52          

“Namnews” nashri dunyoning eng yoshi ulug‘ insonlaridan biri — 118 yoshli Sa’diyaxon Inomova Namanganda yashashini ma’lum qildi.

Foto: “Namnews.uz”

Sa’diyaxon Inomova 1897-yil To‘raqo‘rg‘on tumanidagi Yortepa qishlog‘ida dunyoga kelgan. Bobosi Boymaxsim eshon otasi Hamzaxon qori bo‘lgan bu ayolning umri mehnat bilan o‘tdi.Ketmonchilik, ipak qurti parvarishi, bug‘doy boshog‘ini terish, paxta terish, ko‘sak chuvish…

“Turmush o‘rtog‘i Isomiddin ota bilan sakkiz nafar farzandni tarbiyalab, voyaga yetkazdi. Sa’diyaxon aya hozirda 45 nabira, 141 nafar evara, 139 chevaraning momosidir. Turmush o‘rtog‘i Isomiddin ota 70-yillar oxirida vafot etgan. Qariyb 45 yil ipak qurti boqdi, halol rizq topib, umrguzaronlik qildi”, — deb yozadi nashr.

Sa’diyaxon aya 2007-yilda “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan. Uch asrni ko‘rgan bo‘lsa-da, onaxon o‘z salomatligidan nolimaydi, kitobni ko‘zoynaksiz o‘qiydi.

Oldinroq jahonning eng keksa ayoli 119 yoshli Momojon Romanova O‘zbekistonda istiqomat qilayotgani xabar berilgan edi. Biroq Xorazm viloyatida yashovchi Momojon Romanovaning ko‘rsatkichi xalqaro miqyosda tan olinmagan.

AQShda istiqomat qilayotgan Syuzanna Mushatt-Jons esa rasman jahondagi nafaqat eng keksa ayol, balki eng keksa inson hisoblanadi (u 1899-yil 6-iyul kuni tug‘ilgan).


Manba: daryo.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031