Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

8 yoshli fotosuratchi tomonidan olingan Britaniyaning ajoyib to‘qqiz manzarasi

Автор: admin Комментариев: 0            Просмотров: 505           Дата: 21-12-2015, 10:28          

Iste’dod — buyuk mukofot. Aynan iste’dodi sabab inson biror tanlagan kasbida katta yutuqlarga erishadi. Biroq hamma ham o‘z iste’dodini yuzaga chiqara olmaydi.

Foto: “Kulturologiya”

Britaniyalik Oliver Andreasga esa omad kulib boqqan. “Kulturologiya”ning yozishicha, u 8 yoshidayoq o‘z iste’dodini keng miqyosda namoyon etishga muvaffaq bo‘ldi.

Quyida Oliver tomonidan suratga olingan e’tiborga molik fotomanzaralar aks etgan.

1. Vestminster saroyi, London

Foto: “Kulturologiya”

Yosh iqtidorli fotosuratchi tomonidan olingan Britaniya manzaralari.

2. Mupe ko‘rfazi, Buyuk Britaniya

Foto: “Kulturologiya”

Oliver maktabda o‘qiydi, dam olish kunlari esa suratga olish uchun xushmanzara joylarni izlab, otasi bilan birga shahar tashqarisiga chiqadi.

3. Foklenddagi lavanda dalalari, Somerset

Foto: “Kulturologiya”

Odatda, ota va o‘g‘il juda erta — tungi soat birda uyg‘onib, yo‘lga chiqadi.

4. Yura davri sohillari, Dorsetshir

Foto: “Kulturologiya”

Bu — yosh fotosuratchining eng sevimli joylaridan biri.

5. Tongdagi dengiz go‘zalligi

Foto: “Kulturologiya”

“Fotosuratni olgunimga qadar, pirsdagi bu odam qimirlamay turishini iltijo qilib so‘radim. Oxir-oqibat to‘lqinni ushlashga muvaffaq bo‘ldim”.

6. Uels shimoli

Foto: “Kulturologiya”

Oliverning iqtidori xalqaro miqyosda tan olib bo‘lingan.

7. Tumanli tong

Foto: “Kulturologiya”

Oliver Andreas tomonidan suratga olingan manzara.

8. Oliver ishga kirishish arafasida

Foto: “Kulturologiya”

Oliver otasi bilan birga Buyuk Britaniya bo‘ylab sayohat qiladi. Asosan tongda va quyosh botishi arafasida suratga oladi.

9. Tongotardagi kungaboqarlar dalasi

Foto: “Kulturologiya”

Iqtidorli Oliverning ajoyib ishlanmasi.


Manba: daryo.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031