Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Asli o‘zbekistonlik zargar haqida dunyoga mashhur reperlar qo‘shiq kuyladi (foto)

Автор: admin Комментариев: 0            Просмотров: 621           Дата: 19-12-2015, 12:29          

Jacob & Co. zargarlik brendi asoschisi Jeykob Arabo 1965-yilda Toshkentda tug‘ilgan, deb yozadi My Day.

Foto: My Day

U 14 yoshligida Yakov Arabov oilasi O‘zbekistonni tark etib, AQShga ko‘chib boradi. Jeykob u yerda zargarlik maktabida o‘qiydi, so‘ng zargarlik fabrikasiga ishga kiradi.

Foto: My Day

O‘zining Jacob & Co. markasini Arabo 1986-yilda yaratadi. O‘sha yili Nyu-Yorkning qoq markazi, Manxettenda birinchi do‘koni ochiladi.  Uning o‘ziga xos zargarlik buyumlari va qo‘l soatlari xip-xop ijrochilar orasida juda mashhur bo‘lib ketdi.

Foto: My Day

Amerikada Jeykobni “yulduzlar zargari” va “rep va xip-xop ijrochilarining saroy ustasi” deb atay boshlashdi.

Foto: My Day

“Musiqachilar shunday kishilarki, siz ularga yoqsangiz, ular siz haqingizda o‘z tanishlariga gapirib berishni, siz haqingizda qo‘shiqlar kuylashni boshlaydi. Bugungi kunda men 50 dan ortiq qo‘shiqning personajiga aylanganman”, — degan edi zargarning o‘zi.

Foto: My Day

Qo‘shiqlarda u ko‘pincha Jacob yoki the Jeweler sifatida tilga olinadi.

Foto: My Day

Xususan, Beyonse, Kani Uest, Jey Zi, 50 Cent, Eminem, Kelisning qo‘shiqlarida Jeykob eslab o‘tilgan.

Foto: My Day
Foto: My Day

Nafaqat reperlar, balki Elton Jon, Jennifer Lopes, Naomi Kempbell, Maykl Jordan, Enrike Iglesias, Pamela Anderson, Karl Lagerfeld, Kira Naytli va boshqa taniqli kishilar ham asli o‘zbekistonlik zargarning mijozlaridir.


Manba: daryo.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн