Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Toshkentda yo‘lovchi mashinada unutib qoldirilgan smartfon egasiga qaytib keldi

Автор: admin Комментариев: 0            Просмотров: 1 062           Дата: 18-12-2015, 14:18          

Toshkent shahrida yo‘lovchi mashinada unutib qoldirilgan 1,5 million so‘mlik telefon apparati egasiga qaytib keldi. Bu haqda, voqeaning haqiqiy ishtirokchisi bo‘lgan qiz Facebook’dagi “Potrebitel.uz” guruhida yozib qoldirgan.

Foto: “Qalampir.uz”

Ma’lum bo‘lishicha, qiz qo‘lida 1,5 million so‘mlik telefon apparati bilan yo‘lovchi mashinalardan biriga o‘tirgan, ish joyiga kirib kelganidan so‘ng, aslida pochchasiga tegishli qurilmani mashinada unutib qoldirganini anglagan. Qiz ish kuni tugagunga qadar haydovchi qaytib kelishiga umid qilgan.

Bu voqeadan uning hamkasblari ham xabar topgan. Ertasi kuni hamkasblaridan biri ertalabdan qo‘ng‘iroq qilib, telefon qolib ketgan mashinaga o‘tirganini aytgan. “Qurilmangizni ko‘rib turibman, faqat menga bermas ekanlar”, — deb, hamkasb ayol haydovchining telefon raqamini olgan.

Ma’lum bo‘lishicha, haydovchining o‘zi ham mashina salonidan telefonni topganidan so‘ng, “10 marotaba” qizning ofisiga kelib ketgan.

“Ishonchingizni asrang va ishonchingizni mustahkamlang! Oramizda qalbi pok, halol, samimiy insonlar ko‘p, faqat bunga sof ishonch ila ishoning! Mana o‘sha inson”, — deya, qiz 1,5 million so‘mlik telefonni qaytarib bergan haydovchining mashinasi suratini ilova qilgan.

Qiz bo‘lgan voqeani hikoya shaklida, uchinchi shaxs nomidan yozgan va matn nisbatan katta ko‘rinish olgan, shunga qaramasdan, ko‘pchilik uni oxirigacha o‘qib chiqqanini xabar ostida qoldirilgan fikrlardan bilsa bo‘ladi.

Xususan: “Mana shu odam qaytarib berdi, desa bo‘lmaydimi, bir kilometr qilib yozmasdan”, — deb qoldirilgan hazilnoma kommentning o‘zi 56 ta layk to‘plagan.

Telefoni qayta topilgan foydalanuvchining bu xabarini reklama sifatida talqin qilgan foydalanuvchilar ham topilgan. Aksariyat foydalanuvchilar voqea yaxshi bayon etilgani, hayotda yaxshi insonlar ko‘pligi haqida fikr bildirgan.


Manba: daryo.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий


Популярные новости

    Новости партнеров

    Календарь новостей

    «    Март 2017    »
    ПнВтСрЧтПтСбВс
     12345
    6789101112
    13141516171819
    20212223242526
    2728293031