Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Toshkentda Oloy bozori yaqinida Mercedes-Benz avtobusi yonib ketdi (foto)

Автор: admin Комментариев: 0            Просмотров: 816           Дата: 17-12-2015, 10:15          

Toshkentning Alisher Navoiy va Amir Temur ko‘chalari kesishgan chorraha yaqinida Mercedes-Benz Conecto Low Floor yo‘lovchi avtobusida yong‘in kelib chiqdi. Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” guruhida qoldirilgan xabarlarga ko‘ra, avtobusning yo‘nalish raqami 53 bo‘lgan.

Foto: Facebook / ”Voditeli Tashkenta”

Avtobusdagi yong‘in 17-dekabr, payshanba kuni tongga soat 7:30—7:45 atrofida yuz bergan. Guruhda soat 7:51 da qoldirilgan xabarga ko‘ra, avtobusdagi olovni yong‘in xavfsizligi xizmati xodimlari o‘chirishga kirishgan edi.

Foto: Facebook / ”Voditeli Tashkenta”

Yong‘in haqidagi xabarga ilova qilingan fotosuratlarda o‘t o‘chirish xizmati mashinalari va xodimlarini ham ko‘rish mumkin. Avtobus yonayotgan vaqtda uning yonida Alisher Navoiy ko‘chasi bo‘ylab boshqa transport vositalarining harakati davom etgan.

Foto: Facebook / ”Voditeli Tashkenta”

So‘nggi bir necha yildan beri Toshkent shahrida yo‘lovchi avtobuslarning yonib ketishi holatlari tez-tez ro‘y bermoqda. Xususan, 2013-yili mart va iyun oylarida, 2014-yili 5-may, 24-iyun, 14-iyul, 1-dekabr, 15-dekabr kunlari, 2015-yili 18-mart, 30-aprel, 15-may, 29-may, 20-iyul kunlari Mercedes-Benz avtobuslari yonib ketdi.

Qayd etish joiz, avtobuslardagi yong‘in holatlarining sabablari yuzasidan “Toshshahartransxizmat” vakillari bir, ikki, uch va kamida to‘rt marta izoh bergan.


Manba: daryo.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн