Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Rustam Azimov: O‘zbekiston 60 mlrd dollarlik loyihalarni amalga oshiradi

Автор: admin Комментариев: 0            Просмотров: 466           Дата: 16-12-2015, 11:18          

O‘zbekistonda islohot dasturlari doirasida kelasi besh yil ichida jami qiymati 60 milliard dollarlik 900 dan ziyod investitsiya loyihalarini amalga oshirish ko‘zda tutilgan. Bu haqda 15-dekabr kuni O‘zbekiston bosh vaziri birinchi o‘rinbosari va moliya vaziri Rustam Azimov Chjenchjou shahridagi Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo mamlakatlar hukumat rahbarlari kengashi majlisida aytib o‘tdi, deb yozadi UzDaily.

Foto: UzDaily

“Joriy yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ‘2015—2019-yillar uchun islohotlar, tuzilmaviy o‘zgarishlar va iqtisodiy diversifikatsiyani amalga oshirish dasturi’ni tasdiqladi, u O‘zbekiston iqtisodiyotining barqaror taraqqiyoti uchun ishonchli poydevor quradigan yettita strategik dasturdan iborat”, — dedi Rustam Azimov.

Vazirning ta’kidlashicha, ushbu dasturlar ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, davlat mulkini xususiylashtirish, xususiy sektorni kengaytirish va davlatning iqtisodiyotdagi hissasini kamaytirish, sanoat va qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va diversifikatsiyalashga yo‘naltirilgan.

O‘zbekistonda kelasi besh yil davomida islohotlar dasturlarini amalga oshirish doirasida yangi yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlar yaratish, neft-kimyo, kimyo sanoati, elektr energetikasi, mashinasozlik, avtomobil, to‘qimachilik, farmatsevtika sanoati va boshqa sohalardagi mavjud korxonalarni tubdan modernizatsiya qilish bo‘yicha jami 60 milliard dollarlik 900 dan ortiq investitsiya loyihalarini amalga oshirish ko‘zda tutilgan.


Manba: daryo.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн